Maqolalar soni: 25

Ilmiy yangiliklar va tahlillar

Ayollar uy xizmati migratsiyasini tartibga solish bо‘yicha Filippin tajribasi
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Hozirgi kunda dunyo aholisining 70 foizdan ortig‘i Osiyo mintaqasi hissasiga to‘g‘ri keladi va bu mintaqada turli millat, elat madaniyat vakillari istiqomat qiladi. Hududlardagi davlatlar iqtisodiyoti geografik joylashuviga qarab farqlanadi, ba’zi davlatlar ishchi kuchi eksport qilsa, ba’zi davlatlar ishchi kuchini import qiladi. Ya’ni rivojlanayotgan va rivojlangan yirik mamlakatlarga mehnat migranti sifatida borishadi. Ushbu maqola ayol mehnat migrantlari migratsiyasi bo‘yicha Filippin tajribasi tadqiqiga bag‘ishlangan

102-107 174 13
Ayollarning pensiya ta’minoti masalasini yechish yo‘llari: ilg‘or tajriba va zamonaviy tendensiyalar
Abdulazizova Nargiza Baxodir qizi

Maqolada pensiya ta’minotining gender masalalari tahlil qilingan. Jahonda ayollarning pensiya ta’minotidagi mavjud muammolar hamda tendensiyalar yoritilgan. Shuningdek, ayollar pensiya ta’minotini yaxshilash borasida dunyo davlatlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va dasturlardan misollar keltirilgan

122-129 106 14
Ekologik omillarning gender tengligiga ta’siri
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada ekologik omillarning gender tengligidagi ahamiyati, ayollarga ekologik omillar ta’siri, ekologik muammolar hamda O‘zbekistonda ba’zi ekologik sohalarida ayollarning ulushi tahlil qilingan.

116-120 1 0
Erta nikoh holatining oldini olish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari
Dusnayev Sherzod Ergashevich, Annakulov Kamol Xasanovich

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida kuzatilayotgan erta nikoh va erta tug‘uruq holatlari ilmiy tahlil qilingan, omillari va oqibatlari aniqlangan, erta nikoh va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha xorij tajribalari yoritilgan hamda ulardan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.

77-84 2 0
Gender tengligini ta’minlashda psixologik yondashuvning muhim omillari
Akbarova Zarnigor Akbarjon qizi

Bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, qolaversa, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilmoqda. Maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollar soni aniqlanib, atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘rganilgan, xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

101-106 0 0
Gender tenglikka erishishda tahliliy usul va vositalarning ahamiyati
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan gender tengligi muammosining ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, gender tengligiga erishishning dolzarbligi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, gender tengligiga erishishning monitoring usul hamda vositalari, gender ekspertiza tushunchasi zarurati va uning turlari, gender audit yoritilib, bu boradagi xorijiy davlatlar tajribasi keltirib o‘tiladi.

65-70 0 1
Ijtimoiylashuv, faollik va ijtimoiy faollik tushunchasi pedagogik-psixologik tadqiqotlar kontekstida
Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovna

Ushbu maqolada ijtimoiylashuv, faollik, faoliyat, ijtimoiy faollik tushunchalari tahlil etilgan. O‘zbek pedagog, psixolog va faylasuflarining ijtimoiy faollik borasidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘quvchi-qizlarda ijtimoiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilingan.

116-122 0 0
Maktablarda mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Suvankulov Mehmonali, Abdibositov Abduqodir

Maqola O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar tomonidan mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mobil telefon va smartfonlarning tahsil oluvchilar uchun foydali va zararli jihatlari, ta’lim muassasalarida ushbu qurilmalardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar hamda ularda belgilangan tartib va qoidalarni buzgan shaxslarning javobgarlik masalalari tahlil qilingan.

155-162 44 24
Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi va uning iqtisodiy-ijtimoiy ta’siri
Nurdinovа Shoiraxon

Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi zamonaviy global migratsiya modellarida muhim hodisa sifatida paydo bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra mustaqil ravishda ko‘chib yurgan ayollar sonining ortishi bilan tavsiflanadi. Mazkur maqolada ushbu tendensiyaning ta’siri o‘rganiladi. Unda ayollar migratsiyasi nafaqat oila tuzilmalarini o‘zgartiribgina qolmay, balki o‘z mamlakatlaridagi uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi uchun juda muhim bo‘lgan pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi tahlil qilinadi

108-114 128 20
Motor buzilishlari bo'lgan bolalarni erta reabilitatsiya qilish va ijtimoiylashtirish
Musayeva Mexribon Ikrom qizi

Ushbu maqolada bolalari amiotrofik skleroz, serebral falaj, orqa miya mushaklari atrofiyasi kabi kasalliklarga chalingan mutaxassislar va ota-onalar uchun muhim ma’lumotlar va amaliy maslahatlar jamlangan.

Odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyatida xotin-qizlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirish
Qo‘ziyeva Gulmira

Maqolada bugungi kunda yurtimizda ayollar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, shunga qaramay taqdir taqozosi bilan odam savdosining qurboniga aylanayotgan ayollar, taqdirlar, bu tuzoqqa tushib qolmaslik uchun nima qilish lozimligi, chora-tadbirlar xususida so‘z borgan. Shuningdek, dunyoda odam savdosi qurboni bo‘layotgan, odamlar ekspluatasiyasidan topiladigan daromad statistkiasi keltirilgan.

79-82 1 0
Oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari va samaradorligining ilmiy tahlili
Rustamova Navbaxor Yaxshiboyevna

Oilaviy kitobxonlik madaniyatini dunyo reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarish maqsadida bugungi kunda soxa mutaxassislari tomonidan bir qator ilmiy tadqiqolar olib borilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan ishlar oilada farzand tarbiyasi, oilaviy birdamlik masalalarida katta qadam bo‘lib hisoblanadi.


Ushbu maqolada o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini shakllantirish natijasida samaradorlik darajasini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘rtacha o‘zlashtirishlari o‘quvchining matematik-statistika metodi yordamida tahlil etildi hamda kerakli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

154-160 273 30
Ota-onaning bolaga munosabati va bolaning hissiy-emotsional xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
Otaxonova Sevaraxon Toʻlkinovna

Mazkur maqolada proyektiv va so‘rovnoma metodlari asosida ota-ona va farzand munosabatlari bilan bolaning emotsional-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jihatlari o‘rganilgan. Ota-ona va bolalarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqot natijalaridan misollar keltirilgan.

122-130 0 0
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid normalari tahlili
Suvankulov Mehmonali

Maqola ichki ishlar organlari (politsiya) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini huquqiy tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda eski va yangi tahrirdagi Konstitutsiyalardagi normalar qiyosiy usulda o‘rganilgan va o‘zaro farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, dunyo davlatlari konstitutsiyalari qiyosiy-huquqiy usullar asosida tahlil qilinib, ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari) faoliyatini konstitutsiyaviy normalar asosida tartibga solingani tahlil etilgan

102-107 48 11
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining rivojlanishi
Ilxamova Zumrad Vaxidovna

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 5 yil ichida oliy ta’lim rivojlanishining statistik tahlili hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishi uchun shart-sharoit yaratish borasidagi davlat siyosati yoritilgan.

163-167 168 28
O‘zbеkistonda ayollarning mеhnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intеllеkt tеxnologiyalarining amaliyotdagi imkoniyatlari
Ro‘zimurodov O‘lmas Farxodovich

Maqolada O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning amaliy ta’siri tahlil qilinadi. ILO, OECD, UNICEF, Jahon banki ma’lumotlari hamda milliy tashabbuslar (Digital Uzbekistan–2030, One Million Uzbek Coders, Uzbekistan Digital Inclusion, Yulduz Tech Awards) asosida olib borilgan tahlil ayollar ishsizligi va soha segregatsiyasi saqlanayotganini ko‘rsatadi, biroq masofaviy ish, qayta tayyorlash va onlayn ta’lim orqali kirish to‘siqlari kamaymoqda. AI vositalari mehnat unumdorligi va ish qidirish ko‘nikmalarini oshirayotgani, davlat grantlari va hududiy dasturlar esa inklyuziv rivojlanishni rag‘batlantirayotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, ma’lumotlardagi og‘ishlar va algoritmik adolat masalalariga yechim sifatida etik AI boshqaruvi, gender-sezgir siyosat va STEM ta’limi muhimligi asoslanadi

90-98 118 4
Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash mexanizmlari
Bakirova N.B.

Mazkur maqolada professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash muammolari va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, ta’lim dasturlarini bozor talablariga moslashtirish, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish kabi choralar tavsiya qilingan. Tadqiqot natijalari, bitiruvchilarning ishga joylashishini osonlashtirish uchun amaliy strategiyalar va yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

161-167 144 26
Qadriyatlar yoshlarni iqtisodiy ijtimoiylashtiruvchi muhim omil sifatida
Umarova Navbahor Shokirovna

Maqolada yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillar hamda ularning iqtisodiy munosabatlarda natija, jarayon, egoizm va altruizmga nisbatan yo‘nalganligi bayon etilgan.

59-64 1 0
Raqamlashtirish sharoitidada gender barqarorlikning qiyosiy tahlili: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
Abduazimov Xurshidbek

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida raqamlashtirish jarayoni va gender tengligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq qilinadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston misolida internet va mobil texnologiyalarning qamrovi, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, ilm-fan va texnologiyalardagi roli ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jahon banki, BMT, UNESCO, DataReportal kabi xalqaro tashkilotlarning oxirgi yillardagi statistik ma’lumotlari asosida qiyosiy-tavsifiy tahlil amalga oshiriladi.

112-118 216 43
Talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish masalalari (Turkiya tajribasi misolida)
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Mazkur maqolada talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish bo‘yicha Turkiya Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari va xususiy oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talaba-qizlarni joylashtirish tartibi, ichki tartib-intizomi, yotoqxonada yashash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, qizlar uchun yotoqxonada yaratilgan sharoitlar ochib berilgan. Turkiyadagi ayrim qizlar yotoqxonasida talabalarning ijtimoiylashuvi va yotoqxona hayotiga moslashuvini o‘rganish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy axloqiy muammolari bo‘lgan talabalar bilan ishlash borasida takliflar ilgari surilgan.

147-153 75 29
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajriba
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan ishlash, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi bilan bog‘liq muammolarga global nuqtayi nazardan yondashilgan. Jumladan, xotin-qizlarning oilaviy-maishiy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni moslashtirish bo‘yicha Kanada, Shvetsiya, Qozog‘iston mamlakatlarining tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.

71-76 1 0
Ta’lim – gender tengligini ta’minlashda kuchli vosita
Ochilova Baxti Murodovna

Ushbu maqola ayollar gender tengligini ta’minlashda ta’limning muhim rolini o‘rganadi. Ta’lim nafaqat shaxslarga imkoniyat beradigan, balki jamiyatni yanada adolatli me’yorlar va amaliyotlar tomon siljishini rag‘batlantiradigan o‘zgartiruvchi vosita sifatida qabul qilinadi. Tadqiqot xotin-qizlarning sifatli ta’lim olish imkoniyati ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashi, qaror qabul qilish vakolatini oshirishi va gender asosidagi kamsitishlarning kamaytirilishini ta’kidlaydi. Maqolada global sa’y-harakatlar va mahalliy misollarni tahlil qilish orqali ta’lim bandlik, yetakchilik va jamoat hayotida umumiy ishtirok etishdagi gender tafovutini tugatishga qanday hissa qo‘shishi muhokama qilinadi

79-87 171 28
Vitagen ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish
Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovna

Ushbu maqolada o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan bo‘lib, ularning faolligini rivojlantirish jarayonida Vitagen ta’lim texnologiyasidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Vitagen ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati haqida pedagog olimlarning qarashlari yoritilgan

115-119 358 37
Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

96-101 180 12
Аyollаrning biznesdаgi huquq vа imkoniyatlаrini kengаytiruvchi biznes modellаr
Djoldasova Saxipjamal

Biznes model bu tadbirkorlikdagi asosiy biznes jarayonlarining tahlili va tavsifi bo‘lib, u kimga va nima sotishni ko‘rsatadi hamda qancha daromad va foyda olishni namoyon etadi. Ushbu maqolada ayollar ishtirokidagi biznes modellarning xorijiy va milliy amaliyoti tahlili natijasi ko‘rsatilgan. Xususan, biznes modellar ko‘pqirralilik, kooperativ tuzilmalar, mehnatga adolatli haq to‘lash, ish bilan shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlab qolish hamda yetkazib beruvchilarning xilma-xilligi kabi asosiy g‘oyalar asosida shakllangani aniqlangan

88-95 137 21