2024-yil. 3-son.

2024-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 04-04-2025

Maqolalar

Ayollarda oila-ish balansi ko‘rsatkichini shakllantirishning metodologik jihatlari
Sadullayev Shaxrux

Ushbu maqolada ayollarda oila-ish balansi ko‘rsatkichini shakllantirishning metodologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada segmentatsiya nazariyasi, kompensatsiyalar nazariyasi, integratsiya nazariyasi, ixtiloflar nazariyasi, rollar nazariyasi, qo‘shimcha ta’sir nazariyasi kabi omillar tahlil qilingan

37-43 1 0
Аyollаrning biznesdаgi huquq vа imkoniyatlаrini kengаytiruvchi biznes modellаr
Djoldasova Saxipjamal

Biznes model bu tadbirkorlikdagi asosiy biznes jarayonlarining tahlili va tavsifi bo‘lib, u kimga va nima sotishni ko‘rsatadi hamda qancha daromad va foyda olishni namoyon etadi. Ushbu maqolada ayollar ishtirokidagi biznes modellarning xorijiy va milliy amaliyoti tahlili natijasi ko‘rsatilgan. Xususan, biznes modellar ko‘pqirralilik, kooperativ tuzilmalar, mehnatga adolatli haq to‘lash, ish bilan shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlab qolish hamda yetkazib beruvchilarning xilma-xilligi kabi asosiy g‘oyalar asosida shakllangani aniqlangan

88-95 0 0
O‘smirlar ijtimoiylashuvida virtual olam vositalaridan foydalanishga qaratilgan kompetensiyaviy yondashuv mezonlari
Xatamov Boburjon Qosimjon o‘g‘li

O‘smirlik davrida bola qaysi mashg‘ulot bilan ko‘p shug‘ullansa, ulg‘ayganda ham shu mashg‘ulot bilan shug‘ullanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Virtual olam vositalaridan to‘g‘ri foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish bugungi jamiyatimiz uchun muhim vazifa bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada ham mazkur masalalar o‘rganilgan va tahlilga tortilgan

26-31 3 0
Gender identifikatsiyaning etnomadaniy xususiyatlari
Nurbayeva Xolniso Uralovna

Shaxsning o‘zining qaysi jinsga mansubligini anglashi va baholashi shaxslararo munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shaxsning o‘z-o‘zini identifikatsiya qilishi va gender identifikatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Gender indentifikatsiya jarayonida etnomadaniy o‘ziga xosliklar ta’siri bayon qilingan

74-78 1 0
Intellektual migratsiyani tadqiq etishning konseptual asoslari
Kadirova Zulayxo Abduxalimovna, Gaziyeva Sulxiya Saidmashrafovna

Ushbu maqolada intellektual migratsiyaning nazariy asoslari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va uning sabablari, shuningdek, intellektual migratsiyaning asosiy turlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi. Intellektual migratsiyaning barcha jihatlari ko‘rib chiqilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi

14-20 0 4
"Uy bekasi sindromi" psixologik muammo sifatida
Sharapova Dildora

Sharq oilalarida ko‘pchilik ayollar uy bekasi bo‘lib, ular ro‘zg‘or yumushlari, bolalar tarbiyasi, erlari va qaynona-qaynotalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan band bo‘ladilar. Biroq har kuni bir xil ishlarni qayta-qayta bajarish bugungi globallashgan dunyoda ayollarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalalarini hisobga olgan holda, ularni nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatdan ham ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ular o‘zlarining qiziqishlari va sevimli yumushlar bilan bog‘liq boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi orqali muammoni yengillashtirishga harakat qilishadi. Ammo bu ham uy bekalarining jamiyatdagi muammolarini hal qilish uchun ideal yechim bo‘lmasligi mumkin. Ushbu maqola uy bekalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, uy bekalarining psixologik muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish, “uy bekasi sindromi”ni tashxislash va tuzatishning soddalashtirilgan usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan

57-67 1 0
Yoshlar yetakchilarida kasbiy muhim fazilatlarni oshirish bo‘yicha o‘quv dasturi samaradorligining qiyosiy tahlili
Inoyatova Saidaxon Rustam qizi

Trening dasturlari yoshlar rahbarlarining nizolarni boshqarish strategiyalari va nizolarni hal qilishga o‘rgatadi, bu esa rahbarlar va hamkasblar bilan munosabatlardagi nizolarning oldini olish yoki minimallashtirishga yordam beradi. Treninglardan muvaffaqiyatli o‘tish yetakchi rahbarlarining o‘zini o‘zi qadrlashi va ishonchini yaxshilashga yordam beradi. Bu ularga professional muhitda o‘zlarini qulayroq his qilishlari, rahbarlar va hamkasblar bilan yaxshiroq muloqot qilishlari uchun imkon yaratadi. Treninglar yoshlar yetakchilariga martabada ko‘tarilish va ishda yaxshi natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi va uning iqtisodiy-ijtimoiy ta’siri
Nurdinovа Shoiraxon

Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi zamonaviy global migratsiya modellarida muhim hodisa sifatida paydo bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra mustaqil ravishda ko‘chib yurgan ayollar sonining ortishi bilan tavsiflanadi. Mazkur maqolada ushbu tendensiyaning ta’siri o‘rganiladi. Unda ayollar migratsiyasi nafaqat oila tuzilmalarini o‘zgartiribgina qolmay, balki o‘z mamlakatlaridagi uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi uchun juda muhim bo‘lgan pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi tahlil qilinadi

108-114 0 0
O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosiga jim turishimiz kerakmi?
Sultanova Amina Anvarovna

O‘z joniga qasd qilish sog‘liqni saqlashning dolzarb muammosidir, biroq O‘zbekistonda uning muhokamasi ko‘pincha madaniy va ijtimoiy to‘siqlarga duch keladi. Muammoni yashirish jamoat salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, o‘z joniga qasd qilishning oldini olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. Ushbu maqola O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining asosiy sabablari – mavzu haqida sir saqlash oqibatlari va bu muammoning jamiyat va davlat institutlari darajasida muhokama qilishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Ruhiy salomatlik haqida ochiqlik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha faol harakatlar fuqarolarning farovonligini oshiradi

Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

96-101 2 0
Oilaga kelinning moslashish jarayonini psixologik jihatdan tadqiq etish
Rahimova Matluba

Ushbu maqolada oilani psixologik jihatdan o‘rganish, turli yoshdagi qizlarning oilaga moslashish jarayonini o‘rganishda Osiyo, Janubiy Koreya, Rossiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari va turli yoshdagi xotin-qizlarning oilaga moslashuvi, oilaviy munosabatlarning rivojlantirilishi hamda oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda kelinning vazifalari yoritib berilgan. Oila-nikoh munosabatlari o‘zaro kuchli, samarali va mustahkam oilani tashkil etish, nikoh va oila hayotida yaxshi munosabatlarni rivojlantirishda muhimdir. Bu munosabatlar oila a’zolari o‘rtasidagi sevgi, hurmat va ehtiromni ta’minlash, muammolarni hamkorlikda hal qilishni o‘z ichiga oladi

32-36 0 0
Ta’lim – gender tengligini ta’minlashda kuchli vosita
Ochilova Baxti Murodovna

Ushbu maqola ayollar gender tengligini ta’minlashda ta’limning muhim rolini o‘rganadi. Ta’lim nafaqat shaxslarga imkoniyat beradigan, balki jamiyatni yanada adolatli me’yorlar va amaliyotlar tomon siljishini rag‘batlantiradigan o‘zgartiruvchi vosita sifatida qabul qilinadi. Tadqiqot xotin-qizlarning sifatli ta’lim olish imkoniyati ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashi, qaror qabul qilish vakolatini oshirishi va gender asosidagi kamsitishlarning kamaytirilishini ta’kidlaydi. Maqolada global sa’y-harakatlar va mahalliy misollarni tahlil qilish orqali ta’lim bandlik, yetakchilik va jamoat hayotida umumiy ishtirok etishdagi gender tafovutini tugatishga qanday hissa qo‘shishi muhokama qilinadi

79-87 0 0
Talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlarni hisobga olishning nazariy asoslari
Norboyeva Sarvinoz Mengaliyevna

Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida rivojlanganiga emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz. Maqolada talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlar tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tahlil qilingan

21-25 2 0
Migrantlarning yangi sharoitlarga ijtimoiy-psixologik moslashuvining nazariy tahlili
Axmedova Dildora Olimjonovna

Globallashuv va aholining o‘sib borayotgan harakatchanligi sharoitida migrantlarni yangi etnik-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Moslashuv jarayoni murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda madaniy, ijtimoiy va global omillar kesishadi. Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiyani tushuntiruvchi asosiy nazariy yondashuvlar va modellar ko‘rib chiqiladi

68-73 0 0
Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilaviy bolalar uyi sharoitiga moslashtirishning sotsiologik xususiyatlari
Butayeva Xurshida Yuldashovna

Maqolada yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning oilaviy bolalar uyiga moslashishi jarayonidagi sotsiologik xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ushbu jarayonning asosiy jihatlari, bolalarning ijtimoiy muhitga moslashishdagi qiyinchiliklari va tarbiyachilarning roli yoritilgan. Tadqiqotda hissiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiyaning moslashuvga ta’siri tahlil qilindi

10-13 3 1
Vitagen ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish
Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovna

Ushbu maqolada o‘quvchi qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan bo‘lib, ularning faolligini rivojlantirish jarayonida Vitagen ta’lim texnologiyasidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Vitagen ta’lim texnologiyasining mazmun va mohiyati haqida pedagog olimlarning qarashlari yoritilgan

115-119 8 2
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlashda kognitiv xulq-atvor terapiyasi texnikalarining imkoniyatlari
Ismaylova Ra’no

Maqola oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar o‘rtasida xavotir muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda jamiyatda ortib borayotgan oilaviy zo‘ravonlik, xususan, er-xotin munosabatlaridagi zo‘ravonlik tufayli xavotir darajasining yuqoriligini insonning umumiy hayot sifati pasayishiga va turli xil ruhiy hamda asab kasalliklariga olib keladigan eng keng tarqalgan psixologik omillardan biri sifatida qarash mumkin. Zamonaviy psixologiya amaliyotida kognitiv xulq-atvor terapiyasi eng samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi va muallif oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bilan ishlashda ushbu terapiya texnikalarining samaradorligini ko‘rsatadi

51-56 1 0
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid normalari tahlili
Suvankulov Mehmonali

Maqola ichki ishlar organlari (politsiya) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini huquqiy tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda eski va yangi tahrirdagi Konstitutsiyalardagi normalar qiyosiy usulda o‘rganilgan va o‘zaro farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, dunyo davlatlari konstitutsiyalari qiyosiy-huquqiy usullar asosida tahlil qilinib, ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari) faoliyatini konstitutsiyaviy normalar asosida tartibga solingani tahlil etilgan

102-107 1 0