2022-yil. 2-son.

2022-yil. 2-son.
Nashr qilingan: 22-01-2026

Maqolalar

Oila madaniy qadriyatlarining shaxs kamolotida tutgan o‘rni
Muxamedjonova Lalixon Ashuraliyevna

Maqolada oilaning axloqiy qadriyatlarini avlodlarga yetkazish asosiy omil ekanligi, oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan huquqiy asoslarni ochib berishga harakat qilingan.

41-48 0 0
Erta nikoh va erta tug‘uruq holatlari bo‘yicha xalqaro normalar va milliy qonunchilik tahlili
Achilova Liliya Ilxomovna, Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Ushbu maqolada erta nikoh va erta tug‘uruq holatlariga oid xalqaro talablarning milliy qonunchilikda aks etishi, ma’muriy va jinoiy javobgarlik, sud-huquq amaliyoti tahlil qilingan.

26-34 0 0
Tibbiyot xodimlari faoliyatida psixologiya fanining o‘zaro integratsiyasiga bo‘lgan zarurat
Melibayeva Ruzaxon Nasirovna

Maqola tibbiyot sohasida psixologiya fanining, xususan, psixodiagnostikaning ahamiyati, uning o‘ziga xosligi, tibbiyotda psixodiagnostika nazariyasi va usullari asosida kasallik etiologiyasi, patogenezi, kasalliklarni davolash va oldini olishda psixologik omillarning rolini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni, tibbiyot va psixologiya fanlari integratsiyasi, amaliyotdagi ehtiyojlar tahlili hamda bu sohadagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashga bag‘ishlangan.

75-78 0 0
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini boshqarishning tashkiliy-ma’muriy va moliyaviy mexanizmlari
Iminoxunov Abdukoxor Abdivaitovich

Ushbu maqolada nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini boshqarishning tashkiliy-ma’muriy va moliyaviy mexanizmlarini tahlil qilishda rivojlangan davlatlar tajribasi tadqiq qilindi. Bundan tashqari, nodavlat oliy ta’lim muassasalarining daromad olish manbalari, xususiy sherikchilik shakllari va moliyaviy mexanizmlari yoritildi.

13-20 0 0
Tug‘ilish sonining ko‘payishi va uning maktabgacha ta’lim tizimiga ta’siri
Abdiraimova Shaxnoza Abdugappar qizi

Ushbu maqolada oilaning takror barpo bo‘lishida tug‘ilishning o‘rni asoslangan bo‘lib, O‘zbekistondagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tug‘ilish darajasi bo‘yicha hududlar guruhlarga ajratilib, tug‘ilish ko‘rsatkichlari ortishining maktabgacha ta’lim tizimiga ta’siri ilmiy tahlil qilingan.

61-66 0 0
Xotin-qizlarning ta’lim olishi – mamlakat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Maqolada xotin-qizlarning ta’lim olishi, jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeyiga ega bo‘lishi, har tomonlama rijojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar keltirilib, shuningdek, bu boradagi masalalarga yechim topishga harakat qilindi.

4-7 0 0
Oilaviy ajralishlarning sabablari
Ermatov Shuhrat Тeshabayevich

Ushbu maqolada oilaviy ajralishlarning sabablari, ijtimoiy-psixologik oqibatlari va tavsiflariga oid ma’lumotlar, statistik axborotlar, tahliliy ma’lumotlar, ajralishlarning oilaga, bolalarga va jamiyatga nisbatan ta’siriga tegishli jihatlar keng yoritilgan.

49-53 0 0
О‘smirlar tarbiyasida ota-onaning о‘rni
Norqulov Husniddin Dosbekovich

Maqola oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli, ya’ni oilada farzandni tarbiyalashda, avvalo, ota-onaning о‘zi tarbiyalangan hamda kuchli tarbiyaviy bilimlarni egallagan bо‘lishi kerakligi, farzand tarbiyalayotgan ota-onaning har bir harakati, yurish-turishi, muomalasi, boshqalar bilan о‘zaro munosabatda oliyjanob fazilatlarni namoyon eta olishi bilan farzandga namuna bо‘lishi kerakligi keltirilgan. Shuningdek, ota-onalarning bosh maqsadi о‘sib, voyaga yetayotgan farzandlarini har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda barkamol shaxs fazilatlarini singdirishdir.

35-40 0 0
Kattalar ta’limining pedagogik-psixologik asoslari
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li

Ushbu maqolada kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari hamda kattalar ta’limini samarali tashkil qilishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ahamiyati yoritilgan.

79-82 0 0
О‘zbekistonda nikoh va oilaviy ajralishlar tendensiyasi
Xodjayev Sobir Djumayevich

Mazkur maqolada О‘zbekistonda 2010-yildan joriy yilgacha oila, nikoh va oilaviy ajralishlar tendensiyasi mavjud statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shu bilan birga, oilaviy ajralishlar sabablari sotsiologik nuqtayi nazardan hududlar kesimida qiyosiy tadqiq etilgan.

21-25 0 0
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik: uning oqibatlari va oldini olish mexanizmlari
Sodiqov Furqat

Mazkur maqolada xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning dunyo miqyosidagi holati, ushbu muammoning oqibatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari hamda boshqa manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishning “RESPECT” strategiyasi hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ayrim mexanizmlar yoritib berilgan.

67-74 0 0
Yosh qizlar – Yangi O‘zbekiston kelajagining qudrat manbayi
Musurmanova Oynisa

Maqolada mamlakatimizda yoshlar, shu jumladan, yosh qizlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida munosib o‘rin egallashlari uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlar, yaratilayotgan shartsharoitlar, ularning gender tenglik asosida iqtidor va qobiliyatlariga ko‘ra bilim olishlari, kasb egallashlari, mehnat va bandligini ta’minlash borasida berilayotgan imtiyozlarning natijadorligi hamda mazmun va mohiyati ifoda etilgan.

8-12 0 0
Oila va umumta’lim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilarining gender madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari
Bayjonov Furqat Baxromovich

Ushbu maqolada oila va umumta’lim maktablar hamkorligidagi yuqori sinf o‘quvchilarining gender madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari ko‘rib chiqildi.

54-60 0 0