• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 72.
Harbiy rahbar-komandirlar faoliyatida imijning ijtimoiy-psixologik tamoyillari
Ravshanov Lochinbek Urinovich

Ushbu maqola komandir imijini shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa tizimidagi harbiy xizmatchilarning kasbiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola mazmunida asosli manbalar orqali shaxsning individual qiyofasi, shaxsning psixologik qiyofasi, obrazning ijtimoiy-madaniy funksiyalarini psixologik tadqiq etish keng yoritilgan.

05-06-2023
  • PDF
42-48 13 19
O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlarining amalga oshirilishi
Zokirov Umrbek Shokirovich

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi metodologik yangilanish jarayonlari tahlil qilinadi. 1920–1930-yillardan boshlab tarixiy bilimlarning umumlashtirilgan manbalari yuzaga kelgani, 1950–1960-yillarda tarixshunoslikning alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib borgani, 1968-yilda Tarix instituti huzurida “Tarixshunoslik” bo‘limi ochilgani ilmiy maktabning tamal toshi sifatida ko‘rsatiladi. Mustaqillik davrida tarixiy tadqiqotlarda yangi paradigmalarning paydo bo‘lishi, tarixshunoslikning muammoli yondashuvlar asosida kengayishi va ilmiy maktablarning shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, V.V. Lunin, G.I. Jeltova, F.H. Qosimov kabi olimlarning tarixshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston tarixshunosligining metodologik takomillashuvi, ilmiy izlanishlarning yangi bosqichi, arxiv manbalarining ochilishi va nazariy yondashuvlarning boyishi haqida fikr yuritiladi.

06-01-2026
  • PDF
82-87 5 1
O‘zbekiston aholisi soni va tarkibidagi dinamik o‘zgarishlarning iqtisodiy-statistik tahlili
Dusnayev Sherzod Ergashevich

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni va tarkibidagi dinamik o‘zgarishlar, dunyo aholisida mamlakatimizning tutgan o‘rni, hududlarda aholining o‘sish holatlari, aholi sonining o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar, aholining jins tarkibi, shahar va qishloqlarda yashovchi aholi guruhlari, tabiiy o‘sish (kamayish), migratsion o‘sish (kamayish), umumiy o‘sish (kamayish), aholining joylashuvi, urbanizatsiya darajasi yoritib berilgan

08-04-2025
  • PDF
96-101 55 15
Maktablarda mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Suvankulov Mehmonali, Abdibositov Abduqodir

Maqola O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar tomonidan mobil telefon va smartfonlardan foydalanish tartibi va huquqiy asoslariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mobil telefon va smartfonlarning tahsil oluvchilar uchun foydali va zararli jihatlari, ta’lim muassasalarida ushbu qurilmalardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar hamda ularda belgilangan tartib va qoidalarni buzgan shaxslarning javobgarlik masalalari tahlil qilingan.

25-08-2025
  • PDF
155-162 44 24
O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi: hududlar va jinslar bo‘yichа fаrqlаr, ulаrning sаbаblаri
Zokirov Sayidfozil, Xusanova Sevara

Maqolada so‘nggi 10 yil (2013–2022-yillar) mobaynida O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar hududlar va jinslar kesimida tahlil qilingan. Kutilayotgan ta’lim davomiyligini inson kamoloti yuqori davlatlar darajasiga yetkazish, shu jumladan, xotin-qizlarning ta’limdagi qamrovini oshirish hamda ta’limdagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

08-04-2025
  • PDF
29-34 102 14
Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvining psixologik diagnostikasi
Raximova Indira Igorevna, Karimova Gulnora Omonillayevna

Maqolada talabalarning xatti-harakatlarini o‘z-o‘zini boshqarish so‘rovnomasi bo‘yicha psixodiagnostik tekshiruv natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumiy kommunikativ bag‘rikenglik diagnostikasi so‘rovnoma bo‘yicha talabalarni psixodiagnostik tekshirish natijalari ham aniqlanadi

15-04-2025
  • PDF (Русский)
64-68 98 24
O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruq holatlari: muammo va yechimlar
Ibragimov Lutfullo Ziyodullayevich, Raxmonov A.X.

Ushbu maqolada erta tug‘uruq holatlari va uning asosiy sabablari keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruq holatlari tahlil qilingan. Sotsiologik tadqiqotlar asosida erta tug‘ruq bilan bog‘liq muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

25-12-2022
  • PDF
22-27 2 2
O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilish muammosi
Sultanova Amina Anvarovna

Maqola O‘zbekistondagi o‘z joniga qasd qilishning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda turli gender guruhlari o‘rtasidagi o‘z joniga qasd qilish hodisasi bilan bog‘liq adabiyotlarga keng nazariy sharh berilgan. Shuningdek, ushbu muammo hali ham yetarlicha o‘rganilmagan O‘zbekiston kontekstida ko‘rib chiqiladi. Muallif to‘plangan materiallar asosida ma’lumotlar tahlili natijalarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonda gender o‘z joniga qasd qilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni batafsil muhokama qiladi. Ushbu maqola O‘zbekiston sharoitida gender o‘z joniga qasd qilish muammosini tushunishga hissa qo‘shadi va bu borada keyingi tadqiqotlarni rag‘batlantiradi.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
83-89 183 26
Ko‘zdan chetda qolgan bolalar: yetim bolalarni joylashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba va amaliyot
Turaqulova Aziza

Hozirgi vaqtda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini institutsionalizatsiya qilish masalasi dolzarbdir. Biroq bu amaliyot O‘zbekiston uchun yangilik bo‘lib, shuning uchun bu jarayonni amalga oshirishning barcha xususiyatlarini hisobga olish, ushbu yondashuvni amalga oshiruvchi davlat uchun yuzaga keladigan afzallik va qiyinchiliklarni xolisona baholay olish zarur. Ushbu maqolada turli xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan, vasiylikning muqobil shakllari amaliyotini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining deinstitutsionalizatsiya bo‘yicha hozirgi pozitsiyasi va uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan omillari hamda oqibatlari ochib berilgan.

30-09-2022
  • PDF (Русский)
37-42 14 19
O‘zbekiston Respublikasida erta nikoh holatini bartaraf etishning samarali mexanizmlari
Mambetjanov Q.K., Annakulov K.X.

Ushbu maqolada erta nikoh holati va uning asosiy sabablari aniqlangan, O‘zbekiston Respublikasida erta nikoh holati ilmiy tahlil qilingan hamda erta nikoh holatini bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

25-12-2022
  • PDF
16-21 2 2
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda davlat, jamiyat va inson omilining o‘zaro uyg‘unligi
Quramboyev Alisher Maxsudovich

Maqolada O‘zbekiston sharoitida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining rivojlanishi, mazkur yo‘nalishda davlat siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari va alohida shaxslarning o‘zaro munosabatlari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif davlatning kafolatchilik roli, jamiyatning axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asosidagi hamjihatligi hamda ijtimoiy tenglik, adolat, imkoniyatlar yaratuvchanligi, ijtimoiy himoya mexanizmlarining innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan rivojlanish zarurati ta’kidlangan. Maqola zamonaviy O‘zbekiston tajribasini nazariy asoslar bilan uyg‘un holda ko‘rsatishga urinishdir.

15-08-2025
  • PDF
38-43 269 34
Yosh qizlar – Yangi O‘zbekiston kelajagining qudrat manbayi
Musurmanova Oynisa

Maqolada mamlakatimizda yoshlar, shu jumladan, yosh qizlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida munosib o‘rin egallashlari uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlar, yaratilayotgan shartsharoitlar, ularning gender tenglik asosida iqtidor va qobiliyatlariga ko‘ra bilim olishlari, kasb egallashlari, mehnat va bandligini ta’minlash borasida berilayotgan imtiyozlarning natijadorligi hamda mazmun va mohiyati ifoda etilgan.

10-06-2022
  • PDF
8-12 16 18
O‘zbekiston mahalliy boshqaruv idoralari faoliyatida xotin-qizlarning o‘rni (tarixiy tahlil)
Sodiqov Furqat

Ushbu maqolada Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston ASSR), Xorazm Xalq Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSR) va O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning mahalliy boshqaruv idoralaridagi faoliyati tarixiy manabalarga tayangan holda o‘rganilgan.

05-06-2023
  • PDF
26-29 15 17
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid normalari tahlili
Suvankulov Mehmonali

Maqola ichki ishlar organlari (politsiya) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini hamda o‘zaro hamkorligini huquqiy tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda eski va yangi tahrirdagi Konstitutsiyalardagi normalar qiyosiy usulda o‘rganilgan va o‘zaro farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, dunyo davlatlari konstitutsiyalari qiyosiy-huquqiy usullar asosida tahlil qilinib, ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari) faoliyatini konstitutsiyaviy normalar asosida tartibga solingani tahlil etilgan

07-04-2025
  • PDF
102-107 49 12
XX asrda O‘zbekiston sanoatlashuvining oilaviy mehnat munosabatlariga ta’sirining tarixiy tahlili
Mamatqulov Bekzod Sherozovich

XX asrda O‘zbekistonning sanoatlashuvi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada sanoat rivojlanishining oilaviy mehnat munosabatlariga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sanoatlashuv jarayonida erkak va ayol mehnatining o‘zaro taqsimoti, oiladagi iqtisodiy rollarning o‘zgarishi, urbanizatsiya va ijtimoiy siyosatning oilaviy hayotga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston jamiyatida mehnat madaniyati va gender rollarining shakllanishida sanoatlashuvning muhim omil bo‘lganini ko‘rsatadi.

06-01-2026
  • PDF
71-76 3 2
Bolalarda “men” konsepsiyasining rivojlanishida oilaviy qadriyatlarning o‘rni
Shamsiyev O‘ktam Baxriddinovich

Maqolada ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidan kelib chiqadigan shaxsning ijtimoiy tasavvurlari tizimida bolaning o‘zi va o‘z fazilatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari, eng avvalo, jamiyatda tutajak o‘rni va maqomini belgilovchi muhim mexanizm ekanligi, uning mazmuni shaxsning nafaqat o‘ziga, balki o‘zga shaxslarga bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlari hamda ijtimoiy xulqining asosi hisoblanishi haqida so‘z yuritiladi. Bunda qanday ijtimoiy omillar va guruhlarning yetakchi rol o‘ynashi ilm-fan nuqtayi nazaridan muhim ekani asoslangan.

05-06-2023
  • PDF
9-14 8 18
XX asrning 40–90-yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimida gender tenglik masalalari tarixi
Sharipova Nargizaxon Abduqaxxorovna

Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati. Hozirgi Yangi O‘zbekistonda gender tenglik yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Muallif arxiv materiallari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va davriy nashrlar ma’lumotlaridan foydalangan holda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi gender tenglik masalalari tarixiga nazar tashlashga harakat qilgan

16-04-2025
  • PDF
122-126 181 32
Farzandlarda shaxsiy xususiyatlar shakllanishida ota munosabatining ta’siri
Rahimova Indira Igorevna, Ikromova Sevara Xusanboy qizi

Ushbu maqolada ota va farzand munosabatlari hamda mana shu munosabatlarning farzand shaxsiy xususiyatlariga ta’siri yoritilgan. Kichik maktab yoshidagi farzandning ota bilan munosabati uning o‘z-o‘zini baholashga ta’siri,otaning tarbiyadagi roli, qiz farzand shaxsining shakllanishiga ta’siri hamda biologik yoki o‘gay otaning farzandlarga bo‘lgan munosabati mavzusidagi maqolalarning natijalari hamda xulosalari keltirilgan.

25-12-2022
  • PDF
64-67 2 2
O‘zbekiston universitetlarida ichki sifatni ta’minlash
Djurayev Zafar, Kurbonov Muzaffar

Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimi rivojlanishining joriy bosqichida bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’limning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari, rivojlanishning maqsadli yo‘nalishlari va mazmuniga katta ahamiyat berilmoqda. Boshqaruv nazariyasi rivojlanishining har bir bosqichida olimlar, tadqiqotchilar va davlat tashkilotlari tomonidan inson kapitali, shaxsni shakllantirish, yosh avlodni demokratik tamoyillar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Insondagi bu fazilatlarga uning hayotining istalgan bosqichida sifatli ta’lim-tarbiya olish orqaligina erishish mumkinligini tushunishimiz kerak.
Ushbu ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida ichki ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda ularni ichki va tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda rivojlantirib borish orqali xalqaro standartlarga moslashtirish va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga erishishga qaratilgan.

25-08-2025
  • PDF (Русский)
118-124 131 26
Vizual san’atda ayol obrazi ifodalanishida estetika qonuniyatlarining ahamiyati
Alimova Nargiza Rustam qizi

Mazkur maqolada vizual san’at turlarida ayol qiyofasining aks ettirilishda estetika qonuniyatlarining ahamiyati yoritib berilgan. Muallif vizual san’at asaridagi ayol obrazi badiiy shakl va mazmunning bir-biriga mosligi, garmoniya, proporsiya, simmetriya, qarama-qarshiliklar birligi qonuniyatlariga bo‘ysunishiga e’tibor qaratgan.

05-06-2023
  • PDF
110-115 15 18
Raqamlashtirish sharoitidada gender barqarorlikning qiyosiy tahlili: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
Abduazimov Xurshidbek

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida raqamlashtirish jarayoni va gender tengligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq qilinadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston misolida internet va mobil texnologiyalarning qamrovi, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, ilm-fan va texnologiyalardagi roli ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jahon banki, BMT, UNESCO, DataReportal kabi xalqaro tashkilotlarning oxirgi yillardagi statistik ma’lumotlari asosida qiyosiy-tavsifiy tahlil amalga oshiriladi.

15-08-2025
  • PDF
112-118 219 43
O‘zbekiston oilalaridagi barqaror ijtimoiy hayotni ta’minlashda gender muammolarini o‘rganish hamda targ‘ib etish
Yulchiyeva Dildora Khabibullayevna

Maqolada yaqin yillarda oilalar barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimizda ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, ma’rifiy-tashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish dolzarb masalalardan biri ekanligi hamda qizlarni qadriyatlar tizimi bo‘yicha tarbiyalashda erkak va ayolning teng huquqliligi xususida so‘z boradi.

28-03-2022
  • PDF
22-26 14 17
Ota-onaning bolaga munosabati va bolaning hissiy-emotsional xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
Otaxonova Sevaraxon Toʻlkinovna

Mazkur maqolada proyektiv va so‘rovnoma metodlari asosida ota-ona va farzand munosabatlari bilan bolaning emotsional-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jihatlari o‘rganilgan. Ota-ona va bolalarda o‘tkazilgan psixologik tadqiqot natijalaridan misollar keltirilgan.

28-12-2021
  • PDF
122-130 1 1
O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning joriy holati tahlili
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Mazkur maqolada gender tengligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan choratadbirlar, davlat va jamiyat hayotida ayollarning roli va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi va rahbarlik lavozimlarida, sud-huquq, ta’lim, mehnat hamda bandlik yo‘nalishlarida gender statistikasi tahlili yoritilgan.

10-10-2023
  • PDF
69-75 2 2
Akademik iqtidorli talabalar bilan o'quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari
Xodjayeva Dilnovoz Jumoyevna

Maqolada akademik iqtidorli o‘quvchilarda o‘quv jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Akademik iqtidorli shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlari va xususiyatlarini tan olgan holda, ushbu tadqiqot samarali ta’lim strategiyalari va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar haqida tushuncha berishga qaratilgan.

25-08-2025
  • PDF (English)
90-95 137 27
1 - 25 from 72 1 2 3 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer