• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 8.
Autizm spektrining buzilishi diagnostikasida gender farqlar
Musayeva Mexribon Ikrom kizi

Maqolada autizm spektrining buzilishi (ASB) tashxisida gender farqlari masalasi ko‘rib chiqiladi. Garchi autizm spektrining buzilishi keng miqyosda o‘rganilgan bo‘lsa-da, tadqiqotlar o‘g‘il va qizlar o‘rtasida simptomlarni aniqlash va tashxislash yondashuvlarida sezilarli farqlarni namoyon etadi. Maqolada ushbu nomutanosiblikka ta’sir etuvchi omillar, masalan, ijtimoiy stereotiplar, turli jinsdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalar va muloqot xususiyatlaridagi farqlar tahlil qilinadi

08-04-2025
  • PDF (Русский)
12-16 278 24
Mehnat motivatsiyasining gender xususiyatlari
Xusanov Samariddin Maxmadaminovich

Ushbu maqolada mehnat motivatsiyasining gender xususiyatlari, ya’ni erkak va ayollarning mehnatga bo‘lgan ichki hamda tashqi rag‘batlaridagi farqlar tahlil qilinadi. Maqolada o‘rta yoshdagi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida so‘rovnoma va kuzatuv metodlari orqali o‘tkazilgan tadqiqotimiz ma’lumotlari yig‘ilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ayollar uchun ijtimoiy barqarorlik, jamoaviy muhit va ma’naviy qadriyatlar muhim omil bo‘lsa, erkaklar uchun moddiy rag‘bat, karyera o‘sishi va mustaqillik yetakchi omillar sifatida namoyon bo‘lgan. Tadqiqot natijalari mehnat psixologiyasi va boshqaruv psixologiyasi sohasida qo‘llanilishi mumkin.

06-01-2026
  • PDF
35-38 8 6
Iqtisodiy munosabatlar doirasida “zumer” avlod vakillarining gender farqlanishlari
Umarova Navbahor Shokirovna

Maqolada “Z” avlod vakillarining iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonida iqtisodiy munosabatlarga yo‘nalganlik ustanovkalari, ularning kognitiv va emotsional olamiga daxldorligidagi gender farqlanishlar tahlil qilingan.

25-12-2022
  • PDF
52-55 4 7
O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi: hududlar va jinslar bo‘yichа fаrqlаr, ulаrning sаbаblаri
Zokirov Sayidfozil, Xusanova Sevara

Maqolada so‘nggi 10 yil (2013–2022-yillar) mobaynida O‘zbekistonda ta’lim davomiyligi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zgarishlar hududlar va jinslar kesimida tahlil qilingan. Kutilayotgan ta’lim davomiyligini inson kamoloti yuqori davlatlar darajasiga yetkazish, shu jumladan, xotin-qizlarning ta’limdagi qamrovini oshirish hamda ta’limdagi tenglikni ta’minlash bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan

08-04-2025
  • PDF
29-34 150 23
Psixosomatik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar psixoemotsional sohasining jins xususiyatlari
Narmetova Yulduz Karimovna

Maqolada psixosomatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda uchraydigan emotsional holat buzilishlari, ularning kasallikning og‘ir kechishi va salbiy oqibatlarga olib kelishidagi roli, jins tafovutlari o‘rganilgan. Ta’kidlanadiki, psixosomatik kasalliklar ko‘pincha emotsional holat buzilishlari bilan niqoblanishi va aksincha mazkur kasalliklarda emotsional soha buzilishlari kasallikning batamom tuzalib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holatlar psixosomatik kasalliklar klinikasida psixologik yordamni tashkil etish va barcha psixoprofilaktik hamda korreksion tadbirlarni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

10-10-2023
  • PDF
113-117 45 1
Zamonaviy oilada erkak va ayol rollari o‘zgarishining o‘smirlar tarbiyasiga ta’siri
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda erkak va ayol rollarining o‘zgarishi hamda bu o‘zgarishlarning oila muhitiga, xususan, o‘smir yoshidagi farzandlarning tarbiyasi va ijtimoiy rol shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida an’anaviy gender qarashlar bilan zamonaviy ijtimoiy talqinlar o‘rtasidagi farqlar, ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari va o‘smirlarning psixologik rivojlanishidagi muhim omillar ko‘rib chiqiladi

26-10-2025
  • PDF
80-84 209 32
O'smirlar o'z joniga qasd qilishning gender xususiyatlari
Sultanova Amina Anvarovna

Ushbu maqola erkaklar va ayollardagi o‘smirlar suitsidiga bog‘liq psixologik omillar va ijtimoiy sharoitlardagi farqlarni o‘rganadi. Muallif o‘smirlar suitsidining oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqishda gender xususiyatlarini hisobga olish muhimligiga e’tibor qaratadi.

05-06-2023
  • PDF
84-88 39 18
Interfaol ta’lim jarayonida rag‘batlantirishning gender yondashuvi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Axmedova Dilnoza Xabibullo qizi

Ushbu maqolada interfaol rag‘batlantirish usullarining gender farqlari kontekstidagi tahlili va bu yondashuvlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash samaradorligi haqida ilmiy tadqiqotlar o‘rganilgan. Maqolada interfaol rag‘batlantirishning genderga bog‘liq xususiyatlariga oid ilmiy yondashuvlar taklif etilgan

03-04-2025
  • PDF
111-118 238 21
1 - 8 from 8

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer