Bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, qolaversa, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilmoqda. Maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollar soni aniqlanib, atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘rganilgan, xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.