Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.
Oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish, talabalarni mustaqil ishlashga undaydigan motivlarni aniqlash, ularda mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirish, eng avvalo, dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Chunki axborot va bilim doirasi shiddat bilan kengayib borayotgan zamonaviy sharoitda barcha ma’lumotlarni o‘quvchilarga faqat dars vaqtida to‘liq yetkazib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Vazifalarning tabiatiga ko‘ra, mustaqil ishning ko‘proq turlari mavjud va ular turli xil ta’lim maqsadlariga ega: materialni oldindan o‘rganish; ma’ruzalarni tinglash, eslatma olish; tavsiya etilgan axborot manbalari bilan ishlash
Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilishning ilmiy jihatlari, mustaqil ishlashlarining nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun lozim bo‘ladigan jarayonlar mazmunan tadqiq qilingan. Talabalar mustaqil ta’lim olishlarining asosiy ko‘rinishlari va turlari batafsil bayon qilingan bo‘lib, ularni ham nazariy, ham amaliy dars jarayonlarida bajarishlari mumkin bo‘lgan usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Talabalarni mustaqil ishlashga jalb qilish maqsadida metodik tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanuvchilar uchun yo‘riqnoma hisoblanadi.
Maqolada o‘quvchi yoshlarda kreativ fikrlashni shakllantirishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy taraqqiyoti, amaliy ko‘rinishlari hamda zamonaviy jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi.
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li, Raimdjanova Gulasal Baxtiyar qizi
Ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili yoritilgan. Unda, shuningdek, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko‘pgina mualliflar taklif etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv ustuvorligi ko‘rib qilingan. Bundan tashqari, mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish masalalarida xorij va o‘zbek olimlarining adabiyotlari tahlil qilingan.
Mazkur maqolada yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar borasida fikr yuritiladi. Yoshlarda kreativ fikrlash tarzini qaror toptirishda faylasuflar va mutafakkirlarning qarashlari, bu borada oila va ta’lim muassasalarining hamkorligi xususidagi qarashlar ham bayon etilgan.