• Ro‘yxatdan o‘tish
  • Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Tarix
    • Mahalla va hayot
    • Ilmiy yangiliklar va tahlillar
    • Pedagogika
    • Psixologiya
    • Oila va jamiyat
    • Sotsiologiya
    • Menejment
    • Falsafa
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 17.
Gender madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy tahlili
Davronova Feruza Rahmonovna

Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va uning gender siyosatiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy-tarixiy, struktur va gender yondashuvlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va ommalashtirish, bir tomondan, davlatning gender siyosatiga ijobiy ta’sir qilib, ikkinchi tomondan, jamiyatda gender munosabatlarining transformatsiyasiga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda, egalitar xususiyat kasb etishi borasida so‘z boradi. Tizimli tarzda amalga oshirilgan gender strategiyasi jamoatchilik ongiga ta’sir etib, gender stereotiplarining egalitar xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarga o‘rnini almashishi, zamonaviy jamiyatda erkak va xotin-qizlarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi borasida xulosalar bayon etiladi

26-10-2025
  • PDF
11-15 95 26
Gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim institutining o‘rni: avlodlararo ijtimoiy tahli
Vaxidova Sofiya Asratulloyevna

Ushbu maqolada gender rollarining evolyutsiyasida ta’lim instituti o‘rnining avlodlararo ijtimoiy tahlili tadqiqotlari olib borilgan. Tadqiqot doirasida bebi-bumerlar X, Y (milleniallar), Z va Alfa avlodlari vakillarining ta’lim olish imkoniyatlari va erishgan ta’lim darajalari tarixiy va qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Shuningdek, har bir avlodda ta’limga bo‘lgan imkoniyatlarning kengayishi gender rollarining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro statistikalar va ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirildi hamda bu orqali ta’lim institutining gender tengligini ta’minlashdagi institutsional ahamiyati ochib berildi.

01-07-2025
  • PDF
26-36 299 41
Gender munosabatlar sotsiologik va psixologik yondashuvlar talqinida
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada gender munosabatlar tushunchasi mazmuni sotsiologik va psixologik yondashuv asosida ochib berilgan. Unda tadqiqotlarda gender yo‘nalishidagi ilmiy ishlarni tahlil qilish orqali gender munosabatlari bo‘yicha asosiy tendensiyalar va istiqbollarni belgilash masalalari ko‘tarilgan.

10-10-2023
  • PDF
11-17 0 0
Ta’lim – gender tengligini ta’minlashda kuchli vosita
Ochilova Baxti Murodovna

Ushbu maqola ayollar gender tengligini ta’minlashda ta’limning muhim rolini o‘rganadi. Ta’lim nafaqat shaxslarga imkoniyat beradigan, balki jamiyatni yanada adolatli me’yorlar va amaliyotlar tomon siljishini rag‘batlantiradigan o‘zgartiruvchi vosita sifatida qabul qilinadi. Tadqiqot xotin-qizlarning sifatli ta’lim olish imkoniyati ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashi, qaror qabul qilish vakolatini oshirishi va gender asosidagi kamsitishlarning kamaytirilishini ta’kidlaydi. Maqolada global sa’y-harakatlar va mahalliy misollarni tahlil qilish orqali ta’lim bandlik, yetakchilik va jamoat hayotida umumiy ishtirok etishdagi gender tafovutini tugatishga qanday hissa qo‘shishi muhokama qilinadi

07-04-2025
  • PDF
79-87 167 25
Zamonaviy oilada erkak va ayol rollari o‘zgarishining o‘smirlar tarbiyasiga ta’siri
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda erkak va ayol rollarining o‘zgarishi hamda bu o‘zgarishlarning oila muhitiga, xususan, o‘smir yoshidagi farzandlarning tarbiyasi va ijtimoiy rol shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida an’anaviy gender qarashlar bilan zamonaviy ijtimoiy talqinlar o‘rtasidagi farqlar, ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari va o‘smirlarning psixologik rivojlanishidagi muhim omillar ko‘rib chiqiladi

26-10-2025
  • PDF
80-84 130 24
Alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda gender xususiyatlarni inobatga olish orqali familistik dunyoqarashni shakllantirish
Saitova Muattar Ulug‘bek qizi

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarda familistik dunyoqarashning shakllanishida gender xususiyatlarining o‘rni haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mazkur dunyoqarashning shakllanganlik darajasini tahlil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari bayon qilingan. Shuningdek, alohida yordamga muhtoj bolalarda familistik dunyoqarashni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan.

15-08-2025
  • PDF
107-111 135 20
Oilaviy nizolarning oldini olish: huquqiy asoslar, profilaktika hamda hal etish mexanizmlari tahlili
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

O‘zbekistonda bugungi kunda nizoli oilalarni aniqlash va oilaviy nizolarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarning oldini olish tizimida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, ekspertlarning fikrlari va sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, malakali mutaxassislar yetishmasligi, madaniy stereotiplar (jamoatchilik befarqligi hamda salbiy gender stereotiplarini qo‘llabquvvatlashi), idoralararo muvofiqlashtirishdagi ba’zi kamchiliklar oilaviy nizolarni aniqlash va hal etish jarayonida ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan

26-10-2025
  • PDF
16-21 69 27
Oilalar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda ayollar uy xizmati migratsiyasining o‘rni
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Xorijga uy xizmati faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan ayollar, asosan, oilalarning daromadini oshirish, farzandlar ta’limi va sog‘ligiga mablag‘ yo‘naltirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashda muhim iqtisodiy manba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayollar migratsiyasi oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar va gender rollariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ayollarning migratsion faoliyati kambag‘allikni qisqartirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ijtimoiy muammolar: oilaviy ajralishlar, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar va psixologik bosim kabi salbiy oqibatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari ayollarning uy xizmati migratsiyasini samarali boshqarish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

26-10-2025
  • PDF
22-27 62 17
Oilaviy qadriyatlar va ularni harakatlantiruvchi determinantlar tasnifi
Toshmurodov Mirolim Ismoil o‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati hamda ularni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi determinantlar tahlil qilingan. Oilaviy qadriyatlar jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri bo‘lib, ular avloddan avlodga o‘tuvchi an’ana, urf-odat va ma’naviy meros sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada oilaviy qadriyatlarni harakatlantiruvchi determinantlar biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va madaniy omillar nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Har bir determinant oilaning mustahkamligi va davomiyligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, xususan, globallashuv, migratsiya, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlarning oilaviy qadriyatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida oilaviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar aniqlanib, ularning barqarorligini ta’minlash yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ish oilaviy qadriyatlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun foydali ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

01-07-2025
  • PDF
82-87 281 34
O‘smir yoshlarda kitobxonlik tushunchasi va kitob o‘qishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalari tahlili
Xudoyberdiyeva Marhabo

Maqolada o‘smir yoshlarning kitobxonlik haqidagi fikrlari o‘rganilgan. O‘smir yoshdagi bolalarning kitob o‘qishida tengdoshlari va oila a’zolarining ta’siri yuqori ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘smirlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi

01-07-2025
  • PDF
42-46 61 28
Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining tadqiq etilishi
Qoryog‘diyev Sherzod Shuxrat o‘g‘li

Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlarining kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur maqolada ota-onalarda infantillik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar doirasida tadqiq etilishi yuzasidan qiyosiy tahlillar bayon qilingan.

15-08-2025
  • PDF
85-90 87 23
Xotin-qizlar ilmiy tatqiqotchilik faoliyatining sotsiologik tahlili
Komilova Xurshida Toxirovna

Davlat va jamiyat ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammolarga ilm-fan orqali yechim izlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning hayotida ta’lim va ilm-fanning o‘rni, ijtimoiylashuviga ta’siri hamda mazkur sohadagi xotin-qizlarning ijtimoiy qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlash asosida aniqlangan asosiy jihatlarning tadqiqot natijalari yoritilgan

01-07-2025
  • PDF
37-41 310 34
Oila institutini mustahkamlashning psixologik aspektlari
Bo‘riуeva Mahbuba Shavkatovna

Ushbu maqolada oilalarga psixologlarning psixologik xizmat ko‘rsatishda har bir oila uchun zarur bo‘lgan oila va nikohning mustahkamligini saqlash, oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga ko‘maklashish orqali oilaning psixologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari taqdim etilgan

01-07-2025
  • PDF
88-92 271 25
Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash mexanizmlari
Bakirova N.B.

Mazkur maqolada professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash muammolari va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, ta’lim dasturlarini bozor talablariga moslashtirish, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish kabi choralar tavsiya qilingan. Tadqiqot natijalari, bitiruvchilarning ishga joylashishini osonlashtirish uchun amaliy strategiyalar va yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

02-07-2025
  • PDF
161-167 144 26
Oilalarda o‘smir aqliy qobiliyatining rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganish natijalari
Ummatkulova Nigora Umarqulovna

Ushbu maqolada o‘zbek kontekstida o‘smirlarning intellektual rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi oila bilan bog‘liq omillarning xilma-xilligi o‘rganilgan ishlar mazmuni yoritilgan. Mahalliy va xalqaro tadqiqotlarga asoslanib, u oila tuzilishi, ota-onalarning tarbiya uslublari, ijtimoiy-iqtisodiy holat va bilim olish natijalarini shakllantirishda ota-onalarning ishtiroki kabi omillarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning aqliy o‘sishini rag‘batlantirishda qo‘llab-quvvatlovchi oilaviy muhitning ahamiyatini ta’kidlaydi.

15-08-2025
  • PDF
55-60 184 27
Talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish masalalari (Turkiya tajribasi misolida)
Hojiyev Rasulbek Boynazar o‘g‘li

Mazkur maqolada talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni hal etish bo‘yicha Turkiya Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritiladi. Davlat oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari va xususiy oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talaba-qizlarni joylashtirish tartibi, ichki tartib-intizomi, yotoqxonada yashash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, qizlar uchun yotoqxonada yaratilgan sharoitlar ochib berilgan. Turkiyadagi ayrim qizlar yotoqxonasida talabalarning ijtimoiylashuvi va yotoqxona hayotiga moslashuvini o‘rganish maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy axloqiy muammolari bo‘lgan talabalar bilan ishlash borasida takliflar ilgari surilgan.

02-07-2025
  • PDF
147-153 75 29
Xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi faoliyati mazmuni va tahlil
Komilova Xurshida Toxirovna

Maqolada ilm-fanning turli sohalarida xotin-qizlarning ta’lim olishi va ularning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning sotsial qiyofasiga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari yoritilgan

07-04-2025
  • PDF
96-101 180 12
1 - 17 from 17

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
X. Abduramanov
Bosh muharrir o‘rinbosari
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar RO‘YXATI (2019)ga pedagogika, psixologiya, tarix va falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ilmiy maqolalar e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan jurnal sifatida ro‘yxatga olingan.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

interjournal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer