Ushbu maqolada pedagoglar faoliyatidagi pozitiv fikrlash, pozitiv kayfiyat va bugungi kundagi zamonaviy pedagoglar faoliyatidagi o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabat tushunchalari yoritilgan. Mualliflar tomonidan pozitiv fikrlashning salomatlikka ta’siri hamda kundalik hayotda pozitiv fikrlashning ish faoliyatida muvafaqqiyatga erishish bilan bog‘liq masalalari ham yoritilgan. Shu bilan birga, shaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini anglash va boshqalarga nisbatan optimistik hayrihohlik munosabati, faoliyat va kundalik hayot muammolarini muvafaqqiyatli hal qilish bilan bog‘liq fikrlar keltirilgan
Ushbu maqolada kreativlik fenomenini etimologik va nazariy jihatdan eksplikatsiya qilish, ya’ni izohlashga e’tibor qaratilgan. Kreativlik, fikrlash, kreativ fikrlash, kreativlikning o‘lchamlari, kreativ yondashuvlar, ijodkor shaxsning xususiyatlari, kreativlik haqida noto‘g‘ri qarashlar, kreativlikning o‘lchamlari yoritib berilgan.
Maqolada o‘quvchi yoshlarda kreativ fikrlashni shakllantirishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy taraqqiyoti, amaliy ko‘rinishlari hamda zamonaviy jamiyat rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi.
Maqolada O‘zbekistondagi filolog talaba qizlarda zamonaviy vatanparvarlikni shakllantirishning psixologikpedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Ongli vatanparvarlik tuyg‘usining asosi sifatida tanqidiy fikrlashga alohida e’tibor berilgan. “Zamonaviy vatanparvarlik” tushunchasining o‘ziga xos xususiyatlari, gender yondashuvi va ayollarning tarbiyada tutgan o‘rni yoritilgan. Tanqidiy vatanparvarlikning fuqarolik yetukligining muhim tarkibiy qismi ekanligini tasdiqlaygan so‘rovnoma va pedagogik amaliyot natijalari keltirilgan.
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kreativ kompetentsiyalarni shakllantirishning nazariy tahlili muhokama qilinadi. Ta’lim muhitida ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradigan uslub va strategiyalarga alohida e’tibor qaratiladi. Muallif, shuningdek, bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro ta’sir qiluvchi turli xil o‘quv profillaridagi o‘qituvchilarning ijodiy kompetensiyasi muammosi bo‘yicha olimlar tadqiqotlaridagi kognitiv komponent, motivatsion komponent, faoliyat komponenti va aks ettiruvchi komponent kabilarni o‘rganadi
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li, Raimdjanova Gulasal Baxtiyar qizi
Ilmiy maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omillarning nazariy tahlili yoritilgan. Unda, shuningdek, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko‘pgina mualliflar taklif etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv ustuvorligi ko‘rib qilingan. Bundan tashqari, mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish masalalarida xorij va o‘zbek olimlarining adabiyotlari tahlil qilingan.
Mazkur maqolada yoshlarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning muhim jihatlari, ularga ta’sir qiluvchi omillar borasida fikr yuritiladi. Yoshlarda kreativ fikrlash tarzini qaror toptirishda faylasuflar va mutafakkirlarning qarashlari, bu borada oila va ta’lim muassasalarining hamkorligi xususidagi qarashlar ham bayon etilgan.
Ushbu maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati, dolzarbligi va nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Bugungi global iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarda rahbar ayollar hissasini oshirish, ularning professional va shaxsiy salohiyatini yuksaltirish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Maqolada ayol rahbarlarning boshqaruv sohasidagi asosiy qobiliyat va koʻnikmalari, xususan strategik fikrlash, qaror qabul qilish, jamoa boshqaruvi, innovatsion yondashuvlar va masofaviy ish sharoitida rahbarlik qilish kompetensiyalari oʻrganilgan. Shuningdek, gender tengligi tamoyillari va uni ish joyida amalga oshirish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Rahbar ayollarning boshqaruv sohasidagi faoliyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan innovatsion yondashuvlar hamda amaliy mexanizmlar boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.
Maqola bolani oila muhitida ma’naviy-axloqiy, badiiy va estetik tarbiyalashda tasviriy san’atning o‘rni va uning tafakkurida go‘zallik olamiga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish, milliy va umuminsoniy hamda badiiy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Shuningdek, maqolada bolada estetik tuyg‘u, san’at asari mohiyatini anglash, rassom tomonidan muayyan obrazni tavsiflash uchun foydalanilgan ifodalash vositalarini farqlash, san’at asarini baholay olish qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida rivojlanganiga emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz. Maqolada talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishda gender tenglik va farqlar tushunchasiga nisbatan yondashuvlar tahlil qilingan