Ushbu maqolada oilaviy qadriyatlarning mazmun-mohiyati hamda ularni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi determinantlar tahlil qilingan. Oilaviy qadriyatlar jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan biri bo‘lib, ular avloddan avlodga o‘tuvchi an’ana, urf-odat va ma’naviy meros sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada oilaviy qadriyatlarni harakatlantiruvchi determinantlar biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va madaniy omillar nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Har bir determinant oilaning mustahkamligi va davomiyligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, xususan, globallashuv, migratsiya, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlarning oilaviy qadriyatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijasida oilaviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar aniqlanib, ularning barqarorligini ta’minlash yo‘llari taklif etilgan. Mazkur ish oilaviy qadriyatlar bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun foydali ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.