Maqolalar soni: 9

Iqtisodiyot

Iqtisodiy va ekologik manfaatlar muvozanatini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish
Ashurov Abror Uralovich

Ushbu maqola iqtisodiy va ekologik manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni ijtimoiy falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada iqtisodiy va ekologik manfaatlar tushunchalari ta’riflanadi, ularning tarixiy rivojiga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy yondashuvlar o‘rganiladi, mavzuga oid tahlillar qilinadi, u asosida xulosaga kelinadi va tegishli tavsiyalar beriladi. Barqaror rivojlanish va yopiq sikl iqtisodi kabi konseptlar orqali iqtisodiy va ekologik manfaatlarni birlashtirishning ahamiyati bugungi kun nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qisqa muddatli iqtisodiy foydalar va siyosiy iroda yetishmasligi kabi muvozanatga erishishda to‘siqlar ko‘rib chiqiladi. Kelajak perspektivalari sifatida ta’lim va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish zarurligi qayd etiladi. Maqola iqtisodiy farovonlikni saqlash bilan birga atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan kompleks yondashuv zaruriyatini taklif qiladi.

48-54 3 0
Mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini davlat-xususiy sherikligi asosida rivojlantirishining asosiy yo‘nalishlari
Arabov Nurali Uralovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida investitsiya siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari, xizmat ko‘rsatish sohasida investitsion mablag‘larning shakllanishi, davlat-xususiy sherikligi asosida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirishining investitsion usullari va vositalari, davlat investitsion strategiyasi doirasida xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik subyektlarining tarmoq tarkibi, ularning samaradorligini aniqlash mexanizmlari, ijtimoiy ahamiyatga ega strategik loyihalarni boshqarish va moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash usullari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy etishning ba’zi cheklovlari, davlat risklarini tizimli tartibda aniqlash va tasniflash mezonlari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy qilishning samarali yo‘llari tadqiq qilingan.

4-17 1 0
Mehnat bozori ehtiyojlari asosida yoshlarni zamonaviy va sifatli kasb-hunarga o‘qitish
Meliboyev Aziz Rozaqovich, Masharipov Farrux O‘tkirovich

Maqolada jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida professional ta’lim tizimida yoshlarni mehnat bozori ehtiyojlari asosida zamonaviy va sifatli kasbga o‘qitish tizimini Yevropa standartlari asosida joriy etilishining mohiyati yoritib berilgan. Tahlillar asosida mehnat bozorida yoshlarning kasb-hunar egallash va shu orqali ish bilan bandlik masalalaridagi muammolar aniqlangan. Shuningdek, professional ta’lim muassasalari mehnat bozorida yoshlarni davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida zamonaviy kasblarga sifatli tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan

98-108 91 20
Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning zamonaviy omillari
Adilova Zulfiya Djavdatovna, Umirova Dilnoza Safarovna

Maqolada respublikamizda mintaqaviy turizm salohiyatini oshirish va uni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladigan barcha jihatlarga katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mintaqaviy turizmni innovatsion rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari, xususan, Qashqadaryo viloyatining mintaqaviy turizmini samarali rivojlantirishning strategik istiqbollari, innovatsion yondashuv asosida
hududiy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish tahlil qilingan

89-97 95 24
Nikohdan ajralishga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar
Ibragimov L.Z.

Ushbu maqolada nikohdan ajralishga sanoatning rivojlanish darajasi, aholining ta’lim darajasi, urbanizatsiya, mehnat migratsiyasi kabi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil qilingan hamda ajralishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

94-99 0 0
O'zbekistonda bandlik va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik
Shayusupova Nargiza Turgunovna, Amirjanova Sitora Sunnat qizi

Maqola bandlik va barqaror iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada keltirilgan tadqiqot mantig‘i quyidagicha. Bunday munosabatlarni baholash uchun iqtisodiy o‘sish va bandlikni rivojlantirishning hozirgi holatining xususiyatlari qanday ekanligini, ularning evolyutsion shakllanishi qanday modellar va konseptual yondashuvlar orqali o‘tganligini tushunish kerak. Mahalliy va xorijiy mualliflarning pozitsiyalaridan foydalanib, barqarorlik va o‘sish, o‘sish va bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, iqtisodiy o‘sishning ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini oshirish ehtiyojini qay darajada qondirishi ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda bandlik tendensiyalari, jami daromadlar o‘sishi, ishhaqi dinamikasi, shuningdek, makroiqtisodiy siyosatning ayrim jihatlarining aholi bandligiga ta’sirini qamrab oluvchi bir qator muhim masalalar tahliliga e’tibor qaratilmoqda

75-88 107 20
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish tendensiyalari
Mambetjanov Q.K.

Ushbu maqolada nikohdan ajrashishlar soni, har 100 ta tuzilgan nikohga to‘g‘ri keladigan ajrashishlar soni, ajrashgan er-xotinning yosh guruhiga ko‘ra taqsimlanishi, ma’lumot darajasi va farzandlar soni kabilar tahlil qilingan.

110-118 1 0
Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari
Xomitov Komiljon Zoitovich

Qishloq mehnat bozorida aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ko‘p tomonlama tadqiqotni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ushbu maqolada qishloq aholisini ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi elementlari va vositalari tadqiq etilgan.

18-27 1 0
Qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish
Ko‘paysinova Laziza Karimovna

Ushbu maqolada respublikamizning qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, qishloq joylarida ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish asosida qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish,ishsiz yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan.

74-86 1 0