Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

ISSN:

Joriy nashr

2022-yil. 4-son.
Nashr qilingan: 11-02-2026

Maqolalar

Etnopsixologik tadqiqotlar doirasida ijtimoiylashuv va akkulturatsiya muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Bugungi globallashuv jarayonida har qaysi mustaqil davlat, har bir millat oldida oʻz madaniyati, urf-odat, an’analarini asrab-avaylash, uni oʻzidan keyingi avlod vakillariga yetkazish masalasi bilan bir qatorda oʻzga xalq, davlat fuqarolarining madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat bajo keltirish, ularga doʻstona munosabatda boʻlish masalasi ham oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. UNESCOning madaniyatlar xilma-xilligi haqidagi umumiy deklaratsiyasida madaniyat dunyodagi jamiyat va ijtimoiy guruhlarga taalluqli madaniy-moddiy, intellektual-hissiy belgilar yigʻindisi sifatida qaralishi, insonlar hayot tarzi, ularning birgalikda yashash malakasi, qadriyatlar tizimi, an’analari va e’tiqodlarini
oʻz ichiga olishi zarurligi, har bir madaniyatni hurmat qilish, bagʻrikenglik va birdamlik xalqaro tinchlik
va xavfsizlik garovi ekanligi ta’kidlangan.

45-50 0 0
Global ijtimoiy-madaniy jarayonlar va ma’naviy-mafkuraviy xavfsizlik
Maxammatov Otabek Saydaaliyevich

Maqolada global ijtimoiy-madaniy jarayonlarning ijobiylik xususiyatlarini inkor etmagan holda uning bir-birini inkor etib turuvchi ayrim omillari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar globallashuvning asosiy harakatlantiruvchi vositalari biriga aylanib borayotgani, globallashuv markazlari sifatida qaraladigan hududlarning bir joyga jamlanishining ijtimoiy xavfsizligimizga bo‘lgan ta’siri hamda madaniyatlar to‘qnashuviga baho berilgan.

28-32 0 0
O‘zbek davlatchiligi tarixida davlat va fuqaro munosabatlari
Azizov Ikromjon

Fuqarolarning muammolarini davlat miqyosida ko‘rib chiqish usuli turli davr va turli davlatlatlarda o‘ziga xos ravishda bo‘lgan. O‘zbek davlatchiligi tarixida ham fuqarolarning muammosini o‘rganish va ularni ijobiy hal qilish masalasi davlat va fuqaro munosabatlarini ko‘rsatib beradi. Amaldorlar amirga yozgan hisobotlarida minnatdorchilik izhorlarini ma’lum qilishgan. O‘rganilgan hujjatlar tahlili Buxoro amirining arki o‘z davrida fuqarolar muammosini eshitadigan va uni insonparvarlik tamoyillari asosida qonuniy ko‘rib chiqadigan qabulxona vazifasini bajarganini ko‘rsatadi.

95-108 0 0
Mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini davlat-xususiy sherikligi asosida rivojlantirishining asosiy yo‘nalishlari
Arabov Nurali Uralovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida investitsiya siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari, xizmat ko‘rsatish sohasida investitsion mablag‘larning shakllanishi, davlat-xususiy sherikligi asosida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirishining investitsion usullari va vositalari, davlat investitsion strategiyasi doirasida xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik subyektlarining tarmoq tarkibi, ularning samaradorligini aniqlash mexanizmlari, ijtimoiy ahamiyatga ega strategik loyihalarni boshqarish va moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash usullari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy etishning ba’zi cheklovlari, davlat risklarini tizimli tartibda aniqlash va tasniflash mezonlari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy qilishning samarali yo‘llari tadqiq qilingan.

4-17 0 0
Navoiy viloyati aholisining hududiy tashkil etilishining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari
Sherxolov Olimjon Iskandarovich

Ushbu maqolada Navoiy viloyati aholisining zichligi va balandlik bo‘yicha joylashuvi yoritilgan. Aholining hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilgan. Aholining relyefga bog‘liq holda joylashuvida viloyat aholi punktlarining dengiz sathidan balandligi elektron dasturlar asosida aniqlangan. Aholi punktlari balandligiga ko‘ra kichik guruhlarga ajratildi va shu asosda viloyat tumanlari guruhlarga bo‘lindi. Aholi punktlarining balandligi cho‘l-dasht va tog‘oldi mintaqalariga kirishi o‘rganilib, aynan tadqiqotda cho‘l-dasht (0–400 metrgacha) mintaqasining o‘zi yanada kichik uchta guruhga ajratildi. Balandlikning ortishi turli xo‘jalikni yuritishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aniqlandi.

71-80 0 0
Ta’lim menejerlarida liderlik sifatlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik shartlari
Jurayeva Shaxnoza Saadmuratovna

Maktab rahbarining oʻz xodimlari bilan oʻzaro munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, faoliyatning samaradorligi koʻp jihatdan rahbar qoʻllaydigan boshqaruv uslubiga bogʻliq. Boshqaruv uslubi rahbarning oʻz xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish boʻyicha qoʻllaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir. Boshqaruv uslubini farqlashga turli yondashuvlar mavjud boʻlib, ularning hech birini boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslub deya olmaymiz. Har bir uslub, albatta, birorta cheklanishga ega. Rahbar oʻz faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birortasini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, rahbar oʻzi boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini toʻgʻri baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi hamda oʻzgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim. Mazkur maqolada ham zamonaviy ta’lim menejerlarida liderlik sifatlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik shartlariga oid amalga oshirilgan tadqiqot natijalari keltirib oʻtilgan.

51-61 0 0
Oilaviy ajrimlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlar
Ermatov Shuhrat Тeshabayevich

Oilaviy ajrimlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelgani holda, ajralish ham turli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mazkur maqolada oilaviy ajrimlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlar, jumladan, ajrimning ijtimoiy-psixologik hamda farzandlar uchun oqibatlari, jamiyat uchun oqibatlari yoritib berilgan. Shuningdek, mavzu yuzasidan milliy tajriba bilan birga jahon tajribasi ham keltirib o‘tilgan.

33-44 0 0
O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
Daliyev Farruxjon

Mazkur maqolada ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi, rivojlanishi, bu boradagi ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Shu bilan birga, soha tadqiqotchilari tomonidan “ijtimoiy media” tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy medianing hozirgi holati, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarni ishlatishdagi ulushlari statistik ma’lumotlar tahlili berib o‘tiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz ijtimoiy media maydonidagi muammolar, salbiy holatlar tadqiqot doirasida ochib berishga harakat qilingan.

109-120 0 0
Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari
Xomitov Komiljon Zoitovich

Qishloq mehnat bozorida aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ko‘p tomonlama tadqiqotni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ushbu maqolada qishloq aholisini ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi elementlari va vositalari tadqiq etilgan.

18-27 0 0
Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari
Ismailov Baxit Abdireymovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, mazmuni va mohiyati, sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, xizmatlarning tasnifiy belgilari bo‘yicha turlari va tavsifi hamda xizmatlar sohasini samarali rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va tamoyillari tadqiq qilingan.

81-94 0 0
O'zbekistonda yoshlarning mehnat migratsiyasini tartibga solish yo'nalishlari
Kurbonov Samandar Pulatovich

Mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining inqiroz ostonasida yuzaga keladigan holatdir. Xalqaro mehnat tashkiloti mehnat migratsiyasining quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: shartnoma asosida ishlovchilar, malakali kadrlar migratsiyasi va noqonuniy migratsiya. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Mamlakatda intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi ham migratsiyaning yaxshi tartibga solinmaganligidan kelib chiqadi.

62-70 0 0
Barcha nashrlarni ko'rish