Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish
Maqolalarga talablar
“OILA, XOTIN-QIZLAR VA IJTIMOIY HAYOT” ELEKTRON JURNALIDA
CHOP ETILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
- Umumiy qoidalar
1.1. Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashr bo‘lib, mahalla va oila institutlarini mustahkamalash va boshqarish yuzasidan ilmiy-metodik asoslarini, aholining ijtimoiy ahvoli hamda turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatda gender tenglik masalalarini har tomonlama yoritishni, amaliyotchi va tadqiqotchilarning ilmiy-innovatsion axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
1.2. Jurnal tahririyati jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish barobarida mamlakatimizda tinchlik-totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan yangiliklardan o‘quvchilarni xabardor etadi.
1.3. Jurnal tahririyati turli nuqtai nazar va fikrlar xilma-xilligiga amal qiladi;
– yuridik va jismoniy shaxslarning, mehnat jamoalarining turli ijtimoiy sohalarga oid axborotlarini, maqola va materillarini chop etadi;
– fuqarolarning ijtimoiy masalalarga oid xat va arizalarini qabul qilib oladi, ularning ijrosini ta’minlashga ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashadi.
1.4. Jurnal tahriyati jurnalni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida chiqarishni ta’minlaydi.
1.5. Jurnal bir yilda olti marta nashr qilinadi.
1.6. Jurnalga maqolalar o‘zbek, ingliz yoki rus tillaridan birida qabul qilinadi.
1.7. Jurnalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil 24-iyundagi 1190-sonli “Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma”si olingan.
- Maqolalarning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
2.1. Maqola ilmiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bo‘lishi yoki mustaqil ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u ilmiy uslubda bayon etilishi lozim.
2.2. Maqolada kichik bir ilmiy muammo ko‘tariladi va ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy yoki ilmiy-metodik jihatdan muammoning yechimi hal qilinadi.
2.3. Maqola quyidagi tuzilma(struktura)ga rioya qilingan holda yozilishi tavsiya qilinadi:
Kirish. Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning milliy va xalqaro taraqqiyot darajasi va tanlangan muammoning dolzarbligi aks ettiriladi.
Maqsad va uni asoslash. Maqoladan ko‘zlangan maqsad yoritilgani holda, tanlangan muammoning fandagi shu muammolar tizimida o‘rganilganlik darajasi hamda umumiy muammolar ichidan tanlangan muammoning o‘ziga xos xususiyati ta’kidlanadi.
Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Bunda ilmiy manbalar hamda tadqiqot jarayonida to‘plangan ilmiy-nazariy va amaliy faktlar har tomonlama tahlil va tavsif qilinadi, shuningdek, tayyorlangan tajriba-sinov natijalari, ko‘rgazmali (illustratsion) material bilan mustahkamlanishi mumkin.
Yakuniy qism. Unda ilmiy bayon etilgan muammo bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyati yuzasidan xulosa qilinadi.
2.4. Maqola mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
2.4.1. Maqola mazmun-mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original bo‘lishi kerak.
2.4.2. Maqola barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental g‘oyalarni tatbiq etishga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati isbotlab berilishi talab qilinadi.
2.4.3. Maqola ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, ularning yangilik darajasi hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi zarur.
2.4.4. Maqola pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, demografiya va tarix fanlariga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, unda o‘rganilayotgan manbalardagi fikr va qarashlar rivojlanayotgan fan va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘lanib, unga hozirgi davr uchun ahamiyati nuqtayi nazardan yondashilishi lozim.
III. Maqolani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
3.1. Muallif familiyasi va ismi sahifa boshining o‘ng tomoniga 14 keglda qalin kursiv harflar bilan, uning ish joyi esa qalin bo‘lmagan kursiv bilan yoziladi va elektron pochtasi ko‘rsatiladi,
3,5 x 4,5 hajmdagi rasmi beriladi.
3.2. Maqola nomi 14 keglda bosh harflar bilan sahifa boshining o‘rtasiga joylashtiriladi.
3.3. Maqola matni 14 keglda yoziladi.
3.4. Qog‘oz formati: yuqoridan va pastdan 2 sm., chap tomondan 3 sm., o‘ng tomondan
1.5 sm. qoldiriladi.
3.5. Satrlar oralig‘i – 1,15 interval.
3.6. Havolalar sahifa tagida beriladi, unda adabiyotning muallifi, nomlanishi, nashriyotning qaysi shaharda joylashganligi, nashriyot nomi (ular qaysi til va yozuvda bo‘lsa, shu til va yozuvda keltiriladi), nashr yili, fikr olingan yoki asoslangan sahifasi ko‘rsatiladi hamda o‘rnatilgan tinish belgilari tizimiga amal qilinadi. Namuna:
Қуронов М. Биз англаётган ҳақиқат. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 152 б.
Botcheva, L., Shih, J., Huffman, L. C. Emphasizing Cultural Competence in Evaluation:
A Process-Oriented Approach // American Journal of Evaluation. 2009. Volume 30. №2.
– P. 176-188.
Дзлиев М. И., Романович А. Л., Урсул А. Д. Проблемы безопасности: теоретико-методологические аспекты. – Москва: МГУК, 2001. – С. 9.
Bu tartib internet ma’lumotlariga ham tatbiq etiladi. Namuna:
Солонин С. И., Кортов С. И. Качество образования: проблемы и задачи изменения внутренней среды ВУЗа // Университетское управление. – Москва, 2004. – № 2. – С. 1. www.umj.ru
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 10 июндаги “Ўзбекистон Республикаси Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ҳузуридаги “Маҳалла ва оила” илмий-тадқиқот институти фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги 367-сон қарори // https://lex.uz/docs/4850317
3.7. Maqola muallif, maqola nomi, o‘zbek tilida annotatsiya, tayanch tushunchalar, ingliz tilida annotation, keywords va rus tillarida аннотация, ключевые слова matn izchilligida rasmiylashtiriladi. Annotatsiyalar 2,3 gap hajmida, tayanch tushunchalar 10-15 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Jadvallar, chizmalarning raqamlari va yozuvlari ularning ust qismi o‘ng tomoniga joylashtiriladi.
3.8. Maqola 8-10 sahifa hajmida qabul qilinadi.
3.9. Tahririyatga maqolaning qog‘oz va elektron variantlari topshiriladi.
- Maqolalarni ekspertizadan o‘tkazish
4.1. Maqola jurnalning yuqoridagi talablari asosida Mas’ul kotib tomonidan uni qabul qilib olish bo‘yicha dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi.
4.2. Jurnalga taqdim etilgan maqolalar maxsus daftarga qayd qilinadi va 5 ish kuni ichida ekspertlarga taqriz uchun beriladi.
4.3. Jurnalga kelib tushgan maqolalar tegishli sohaning yetuk mutaxassisi tomonidan elektron yoki yozma taqrizi asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Bunda ekspertning konfidensialligi saqlanadi.
4.4. Ekspertiza xulosasi asosida nashrga tavsiya qilinmagan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.
Eslatmalar:
- Maqoladagi faktlarning ishonchliligiga muallif mas’uldir.
- Muallif plagiat ma’lumotlari hamda mualliflik huquqlarini buzganligiga tegishli tartibda qonun hujjatlari doirasida javobgardir.
Jurnal ijtimoiy.uz sayti orqali onlayn tarzda o‘z faoliyatini yuritadi va jurnalning har bir sonidagi nashr etilgan maqolalar to‘g‘risida axborot muntazam berib boriladi.
“Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot” elektron ilmiy jurnalining telegramdagi yordamchi boti: @IB_murojaatbot