2025-yil. 5-son.

2025-yil. 5-son.
Nashr qilingan: 23-02-2026

Maqolalar

Jamiyat taraqqiyotiga zo‘ravonlikning ta’siri va oqibatlari
Shukurova Sevara Normuminova, Salohiddinova Mahliyo Salohiddin qizi

Ushbu maqolada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, uning oqibatlari va unga qarshi kurashish yo‘llari keng yoritilgan. Maqolada Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti va UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning statistik ma’lumotlariga asoslangan holda, dunyo va O‘zbekiston misolida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari tahlil qilingan. Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, AQSh va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va milliy strategiyalar asosida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar ko‘rib chiqilgan.

45-50 1 0
Bo‘lajak pedagoglarning kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishda neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati
Hikmatova Jamila Fatoh qizi

Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarning kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishda neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada neyropedagogika va pedagogika fanlari asosida kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy asoslari, amaliy metodlari va interaktiv yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada neyropedagogik texnologiyalarning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, pedagoglarning jamiyat va ta’lim tizimiga ijobiy ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

31-38 0 0
Oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning sotsiologik jihatlari
Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim oʻgʻli

Ushbu maqolada oila muhitida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarni shakllantirishning bugungi kundagi ahamiyati, bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni keng yoritilgan. Shuningdek, oilaviy qadriyatlar tizimida milliy-ma’naviy va zamonaviy qadriyatlarning ahamiyati ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan.

17-23 0 0
Maktabgacha ta’lim muassasalarida yetakchi va peshqadam lider boshqaruvi – davr talabi
Ruziyeva Gavhar Abdumalik qizi

Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida yetakchi va ilg‘or rahbarlikni amalga oshirish, zamonaviy talablarga mos ravishda tashkilotchi va rahbar bo‘lib shakllanish, ma’muriy-boshqaruv vazifalarini tezkor va to‘g‘ri bajarish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish madaniyatini o‘zlashtirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda rahbarning kasbiy-pedagogik tajribasini oshirish masalalari yoritib berilgan.

4-10 0 0
Autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalar muammosining chet el psixologlari tomonidan o‘rganilganligi
Vapoyeva Ra’no Raximberganovna

Maqolada erta bolalik autizmining psixologik xususiyatlari, autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalarda hissiy aloqalar, ularning chet el psixologlari tomonidan oʻrganilganligi, klinik belgilari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

51-56 0 0
Maktab o‘quv dasturlarida huquqiy bilimlarning o‘rni va mazmuni
Iskandarova Kamola Tursunqul qizi

Ushbu ishda maktab o‘quv dasturlarida huquqiy bilimlarning o‘rni va mazmuni tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquqiy tarbiyaning uzluksizligi, fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda huquqiy ong, mas’uliyat va ijtimoiy faollikni shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda huquqiy tushunchalarning berilish bosqichlari, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishdagi roli ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

39-44 0 0
Oila va mahalla institutlarining OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy rolini kuchaytirish mexanizmlari
Shukurova Sevara Normuminova

Mazkur maqolada oila va mahalla institutlarining xotin-qizlar orasida OIV infeksiyasi profilaktikasidagi ijtimoiy roli, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy determinantlar, sog‘lik savodxonligi, stigma va gender omillarining profilaktika samaradorligiga ta’siri empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan.

24-30 0 0
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha vakolatli organning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi
Qo‘shmurodov Asqar Juman o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha vakolatli organning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va davlat boshqaruv tizimini samarali rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shakllari, ta’lim dasturlari va amaliyotlari, shuningdek, davlat xizmatining professional standartlarini ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi.

11-16 0 0
Zamonaviy ta’limda ijtimoiy-hissiy intellektning tutgan o‘rni
Xakimov Shuxrat Shodiyevich

Ijtimoiy-hissiy intellekt zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan. Hissiy intellekt – o‘zini tushunish va boshqa odamlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishga yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantirish.

57-64 0 0