Maqolalar soni: 6

Axborot texnologiyalari

Boʻlajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatga tayyorlash jarayonidagi muammolar
Karimova Madinabonu Dilshodbek qizi

Mazkur maqolada boʻlajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bilan bogʻliq masalalarni yechishning muayyan nazariy metodik jihatlari, bu borada hali oʻz yechimini kutayotgan muammolar va talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash tizimi haqida soʻz boradi.

60-66 0 0
Internetdan samarali foydalanishda nazorat markazining roli
Bahrillayeva Mohichexra Rahmatillayevna

Zamonaviy jamiyatni raqamlashtirish sharoitida internet o‘smirlar hayotida muhim o‘rin tutib, bu ularning bilim faoliyati, ijtimoiy aloqalari va shaxsiy shakllanishiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Iinternet-makon bilan o‘zaro munosabatlarning samaradorligi, asosan, o‘z-o‘zini boshqarish va shaxsiy javobgarlikni idrok etish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ushbu ishda tarmoqdan foydalanishning tabiati va sifatiga ta’sir qiluvchi psixologik mexanizm – nazorat lokusining roliga
e’tibor qaratiladi. Ichki nazorat lokusiga ega bo‘lgan o‘spirinlar ma’lumot bilan ishlashda ko‘proq
mustaqillik, tanqidiylik va anglaganlikni namoyon etishadi, tashqi lokusning ustunligi esa internetda
tartibsiz va qaram xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqot ta’lim va tarbiya jarayonida ichki
nazorat lokusini shakllantirishning muhimligini ta’kidlaydi, chunki bu raqamli resurslarga mas’uliyatli
munosabatni rivojlantirishga va stajyorlarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga yordam beradi.

O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
Daliyev Farruxjon

Mazkur maqolada ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi, rivojlanishi, bu boradagi ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Shu bilan birga, soha tadqiqotchilari tomonidan “ijtimoiy media” tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy medianing hozirgi holati, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarni ishlatishdagi ulushlari statistik ma’lumotlar tahlili berib o‘tiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz ijtimoiy media maydonidagi muammolar, salbiy holatlar tadqiqot doirasida ochib berishga harakat qilingan.

109-120 1 0
Raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlari va qiyosiy tahlili
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqola raqamli kompetentlikni rivojlantirishning xalqaro yondashuvlarini tahlil qiladi va turli mamlakatlarning ta’lim tizimlarida raqamli texnologiyalardan foydalanishni ko‘rib chiqadi. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Singapur, Xitoy, Hindiston va O‘zbekistonda raqamli kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va strategiyalar tahlil qilinadi. Har bir mamlakatning raqamli ta’lim siyosatining xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqliklar ko‘rsatiladi. O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan sa’yharakatlar
va raqamli ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvlar ham alohida ta’kidlanadi.

59-64 0 2
Raqamli pedagogika va ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish tendensiyalari
Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich

Ushbu maqolada raqamli pedagogika tushunchasi, uning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari, jumladan, interaktiv texnologiyalar, masofaviy ta’lim va evristik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning raqamli pedagogika sohasidagi holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Raqamli kompetentligini shakllantirish uchun sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalarini joriy etish, kritik fikrlashni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

55-59 1 4
Virtual makonda yoshlarning ijtimoiy xavfsizligi
Maxammatov Otabek Saydaaliyevich

Maqolada XXI asr tezkor axborotlar almashinuvi sifatida uning turli ko‘rinishlari, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro biznesning taraqqiyoti, media ta’limning yaxshilanishi
bilan birga boshqa ko‘plab sohalardagi jiddiy o‘zgarishlar, bu kabi taraqqiyot haqli ravishda global internet mahsuli ekanligi, global axborot olami o‘zining ijobiy yutuqlari bilan birgalikda keng axborot iste’molchilari sanalmish yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi va madaniyatidagi salbiy o‘zgarishlarning avj olishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalib o‘tilgan.

94-100 3 0