Maqolalar soni: 56

Ijtimoiy psixologiya

Zamonaviy oila sharoitida farzand tarbiyasining falsafiy-psixologik jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Inoyatova Saodatxon Joxongir qizi

Oila masalasi har bir davrda barcha xalq va davlatlar ijtimoiy siyosatining asosiy masalalaridan hisoblanadi. Zero, har bir millat va davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy strategik jihati oilaning qandayligi, poydevori nimaga qurilgani va farzandlar tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning bardavom va mangu yashashi aynan sog‘lom oilaviy munosabatlarga chambarchas bog‘liq.

52-59 50 14
Zamonaviy ta'lim tizimida psixologiya talabalarining kommunikativ kompetensiyasi
Asqarova Gulrux, Agzamxo'jaeva Risolatxon

Maqolada faol ishlab chiqilgan muammolardan biri – zamonaviy ta’lim tizimida psixologiya talabalari o‘rtasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, shuningdek, ushbu masalaga oid psixologik adabiyotlar tahlili ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy muammolar va kasbiy
faoliyatga qo‘yiladigan talablar sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb jihatlarini qamrab oladi.

Zamonaviy ta’limda ijtimoiy-hissiy intellektning tutgan o‘rni
Xakimov Shuxrat Shodiyevich

Ijtimoiy-hissiy intellekt zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan. Hissiy intellekt – o‘zini tushunish va boshqa odamlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishga yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantirish.

57-64 0 0
Zo'ravonlik qurboni bo'lgan bolalarning hissiy holatining xususiyatlari va ijtimoiy-psixologik moslashuvi o'rtasidagi munosabatni o'rganish
Sharipova Asal Sarvarovna

Ushbu maqolada hissiy buzilishlar va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarning ijtimoiy va psixologik moslashuv xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik o‘rganish natijalari asosida keltirilgan. Olingan natijalar tahlil qilindi, xulosalar berildi.

Zo'ravonlikni boshdan kechirgan ayollarning psixologik xususiyatlari
Primbetova Nazira

Maqolada ayollarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik tushunchasi va oiladagi zo‘ravonlik holatlarida ayollarning psixologik xususiyatlarining nazariy tahlili ko‘rib chiqiladi.

О‘smirlik dаvridа о‘z-о‘zini аnglаshni rivоjlаntirishning psiхоlоgik оmillаri
Аshurоvа Аzizаbоnu Nоdir qizi

О‘smirlik – shахsiyаtning shаkllаnishi vа о‘z kimligini аniqlаsh jаrаyоnining muhim bоsqiсhi bо‘lib, bu dаvrdа о‘z-о‘zini аnglаshni shаkllаntirish uсhun bir qаtоr psiхоlоgik оmillаr fаоl rоl о‘ynаydi. Mаqоlаdа о‘z-о‘zini аnglаshning rivоjlаnishidа iсhki vа tаshqi ziddiyatlаr, еmоtsiоnаl rivоjlаnish, ijtimоiy tа’sirlаr vа tеngdоshlаr tа’sirining аhаmiyаti kо‘rib сhiqilаdi. Mаzkur mаqоlаdа о‘smirlаrning psiхоlоgik rivоjlаnishidаgi о‘z-о‘zini аnglаshning muhimligini vа bu jаrаyоnning psiхоlоgik, ijtimоiy vа shахsiy intеgrаtsiyаni kuсhаytirishgа хizmаt qilishi hаqidа bаtаfsil yоritilаdi

119-126 72 15