Maqolalar soni: 13

Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi

Ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy va nazariy asoslari
Qayimova Maftuna Tursunovna

Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biri – mehnat migratsiyasi haqida so‘z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy kelib chiqishi, zamonaviy ko‘rinishlari, va rivojlanishiga ta’sir etgan omillar tahlil etilgan.

3 0
Gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
Bayjonov Furqat Baxramovich

Мaqolada keyingi yillarda gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar hamda gender madaniyat yuzasidan ma’lumotlar berilgan

104-107 144 13
Gender tengligi: nega bu masala O‘zbekistonda dolzarb bo‘lib bormoqda
Karimova D.M.

Butun dunyodagi inqirozlar ayollar salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Maqolada O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning rolini oshirish borasida erishilgan natijalar ochib berilgan. Yaratilgan huquqiy asoslar, qabul qilingan va amalga oshirilayotgan strategik hamda dasturiy hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Natijada gender tengligini ta’minlash ko‘rsatkichlarining statistik ma’lumotlari keltirilgan

Jamiyat hayotida xotin-qizlar sotsiomadaniy qiyofasidagi o‘zgarishlar
Nazarova Muharram Yunus qizi

Ayollar huquqlarini maxsus himoya qilishga qaratilgan xalqaro va milliy huquqiy asos hamda mexanizmlar, bugungi kunda ayollar huquqlari tushunchasi vujudga kelganini hamda bu tushuncha asosida inson huquqlarining alohida sohasi shakllanganini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada ijtimoiy va siyosiy hayotda xotin-qizlar huquqlarining shakllanish bosqichlari hamda ayollarning jamiyatda teng huquqlilikka erishishining onuniy tarixi haqida so‘z yuritiladi.

80-90 3 0
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda xotin-qizlar mehnatining rolini oshirish va gender tenglikka erishish
Nurmonova Zebo

Ushbu maqolada xotin-qizlar mehnatining rolini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, xususan, bandlik sohasida jinslar imkoniyatining tengsizligida kuzatilayotgan nomutanosibliklarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ijtimoiy me’yorlarni gender teng huquqli me’yorlarga aylantirish, mavjud gender tafovutlari va tengsizliklarini bartaraf etishda ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

68-76 1 0
O‘qituvchining gender madaniyati: mohiyati va shakllantirish usullari
Nurbayeva Xolniso Uralovna

Jamiyatda jinslararo munosabatlarni tushunish va tartibga solishda gender tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gender madaniyati tushunchasi ushbu tadqiqotlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, maqolada ushbu tushuncha mohiyati, tarkibiy qismlari va darajalari yoritilgan, gender madaniyatni shakllantirish usullari bayon qilingan.

89-94 3 0
Pandemiya sharoitida ayollar ishsizligining sotsiologik “portreti” (O‘zbekiston misolida)
Dildora Karimova

Ayollar ishsizligi muammosi bir necha yillar davomida eng dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Bu, asosan, jamiyatdagi o‘zgarish jarayonlari bilan bog‘liq. COVID-19 pandemiyasi bu tengsizlikni yanada kuchaytirdi va o‘zini gender bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni, shu jumladan, mehnat bozorida ham namoyon qildi. Statistik ma’lumotlar, sotsiologik tadqiqotlar materiallari, ilmiy adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish asosida O‘zbekistondagi ayollar ishsizligining xususiyatlari aniqlandi va uni kamaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

94-104 139 7
Professional ta’lim muassasalarida bitiruvchi xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘llari
Bakirova N.B.

Mazkur maqolada professional ta’lim bitiruvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Bitiruvchi xotin-qizlarlarning ishga joylashishdagi qiyinchiliklari, ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga moslashmagani va amaliy tajriba yetishmasligi kabi muammolarga yechim sifatida kasbiy ko‘nikmalarni oshirish, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish va davlat qo‘llab-quvvatlovi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari bitiruvchilar uchun bandlikni oshirishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rsatadi.

69-80 2 0
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash Gruziya tajribasi misolida
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada Gruziya Respublikasida inson huquqlari, oila va xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash,
gender tengligi siyosati borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shu bilan
bir qatorda, inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tiladi. Muallif maqolada bevosita o‘zi borib ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan tashkilotlarning tajribalaridan misollar keltiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida inobatga olinishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar berildi.

113-122 1 0
Xotin-qizlar iqtisodiy faolligi va ijtimoiy institutlarda diskriminatsion mе’yorlar: xorij tajribasi
Nurmonova Zebo Alikovna

Ushbu maqolada ijtimoiy institutlar va ulardagi xotin-qizlarga nisbatan diskriminatsiya hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir qiluvchi kamsituvchi ijtimoiy me’yorlarni tartibga solish bo‘yicha xorijiy amaliyotlar haqida so‘z boradi.

60-68 1 0
Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash – ularning huquqiy madaniyatini shakllantirishning muhim omili
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif maqolada xalqaro va milliy qonunchilikda ayollar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.

71-79 79 12
Zamonaviy ilmiy paradigma konteksti hamda XXI asr kompetensiyalari tizimida gender sensitivlik
Xoliqova Mohira Kundibayevna

Mazkur maqolada barqaror rivojlanish va inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan “gender tengligi” tushunchasi; zamonaviy ilmiy paradigma kontekstida hamda XXI asr kompetensiyalari tizimida gender sensitivlik; tamaddunlar konvergensiyasi sharoitida gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, maqoladan davlat xizmati tizimi rahbar va mutaxassislarining gender sensitivlik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari hamda sohani takomillashtirishga oid takliflar o‘rin olgan.

80-93 105 14
О‘spirin qizlarda kreativ tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish yо‘llari
Tо‘laganova Nigora Rahmonali qizi

Maqolada о‘smir qizlarda kreativ tadbirkorlik kо‘nikmalarining mohiyati, mazmuni, mezonlari va kо‘rsatkichlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, о‘quvchilarning asosiy kompetensiyalarini shakllantirishning turli jihatlari va ulardagi biznes va tadbirkorlik kompetensiyalarini farqlash imkoniyati xususida bir qancha olimlarning fikrlari keltirilib о‘tilgan.

84-88 2 0