Ushbu maqolada oilaviy munosabatlarning sharqona qadriyatlar va islom ta’limoti bilan bog‘liqligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Din, oila, qadriyat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Avlodlar almashuvida oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Ushbu maqola erkaklar va ayollarda intellekt hamda nikohdan qoniqishni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu yеrda erkaklar va ayollarning emotsional intellekti hamda IQ darajasi ko‘rsatkichlarida sezilarli farqlar aniqlangani ko‘rsatib o‘tilgan
Ushbu maqolada qarindoshlik tushunchasining mohiyati yoritilgan va qarindoshlar toifalari tasniflangan, qarindoshlar o‘rtasida nikohning asosiy sabablari va salbiy oqibatlari keltirilgan hamda O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif maqolada xalqaro va milliy qonunchilikda ayollar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada ajrim yoqasiga kelib qolish sabablarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Jahonda va O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar taxlil qilingan. Maqolada ajralishlarning oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan