Maqolada shahar madaniyati, uning tarkibiy qismlari, elementlari, shaxs ma’naviy qiyofasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonidagi muhim omillar, ularni shakllantiradigan mexanizmlar, ular keltirib chiqaradigan natijalar, shu bilan birga, ular bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Jamiyatda jinslararo munosabatlarni tushunish va tartibga solishda gender tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gender madaniyati tushunchasi ushbu tadqiqotlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, maqolada ushbu tushuncha mohiyati, tarkibiy qismlari va darajalari yoritilgan, gender madaniyatni shakllantirish usullari bayon qilingan.
Mazkur maqolada axloqiy tarbiya, yoshlarni tarbiyalash metodlari va shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, tarixiy manbalarda ta’lim-tarbiya sohasining ta’limiyaxloqiy yo‘nalishida yozilgan ko‘plab asarlar tahlili, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarga singdirish, shu bilan birga yoshlarning Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash, mehnatni qadrlashga o‘rgatish, tengdoshlariga bo‘lgan madaniy munosabatlarni rivojlantirish, shaxs sifatidagi nuqtayi nazarini qaror toptirish yo‘nalishlari belgilab berilgan.