O‘rta asrlarda murosa tushunchasi falsafiy, diniy va axloqiy tizimlarda muhim o‘rin tutib, uning mazmuni insonlar o‘rtasida tinchlik, adolat va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Bu davrda murosa tushunchasi, asosan, diniy-falsafiy, axloqiy (ijtimoiy munosabatlardagi muvozanat) hamda siyosiy (kelishmovchiliklarni hal qilish vositasi) sohalarda shakllangan. Mazkur tushunchaning evolyutsion rivojlanishi turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali chuqurlashgan va o‘z davrining ijtimoiy barqarorligida muhim omil bo‘lgan.