Мaqolada keyingi yillarda gender madaniyat tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ulkan islohotlar hamda gender madaniyat yuzasidan ma’lumotlar berilgan
Maqolada AQSH maktab tizimida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tavsifi berilgan. O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirish jarayoni dastlabki bosqichda. Muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohada muayyan qiyinchiliklar mavjud. Shu maqsadda xorij tajribasining ilg‘or tajribasi bilan tanishish, uni tahlil qilish va O‘zbekiston sharoitiga mos ravishda qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada jamoat xavfsizligi tushunchasining konseptual-strategik hujjatlari hamda xorijiy va mahalliy olimlarning jamoat xavfsizligi tushunchasiga bergan taʼriflari, ularning qiyosiy tahlillari bayon etilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2016-yildan keyin yuz berayotgan katta o‘zgarishlar, davlat boshqaruv jarayonidagi “milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasi natijasi tahlil qilingan. Bundan tashqari, xalq hokimiyati tamoyili Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilanganining konseptual asoslari yoritilgan