Mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining inqiroz ostonasida yuzaga keladigan holatdir. Xalqaro mehnat tashkiloti mehnat migratsiyasining quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: shartnoma asosida ishlovchilar, malakali kadrlar migratsiyasi va noqonuniy migratsiya. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Mamlakatda intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi ham migratsiyaning yaxshi tartibga solinmaganligidan kelib chiqadi.