Ekologik nazorat nazoratning alohida va mustaqil ko‘rinishi sifatida nazorat qiluvchi subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisi hisoblanib, ma’lumotlarni to‘plash, baholash va tegishli qarorlar qabul qilish kabi vositalarni o‘z ichiga oladi. Jamoatchilik ekologik nazorati, asosan, boshqaruvning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlarida (mahallalarda) olib borilishi boshqaruvning nomarkazlashgan prototipini namoyon etadi hamda mahalliy darajada qarorlar qabul qilish uchun zamin yaratadi. Boshqacha aytganda, mahalla – bu kichik boshqaruv organi sifatida barcha yo‘nalishlarda o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini namoyon qiluvchi tuzilmadir.