Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasi barcha davrlarda dolzarb hisoblangan. Bolalar jinoyatchiligining oldini olish puxta ishlab chiqilgan choralar va tadbirlarga asoslanishi, bunday tadbirlar esa samaradorligi isbotlangan ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi ma’lum. Ilmiy tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asosini nazariyalar, yondashuvlar tashkil etadi. Quyidagi maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasiga oid bir nechta nazariyalar taqdim qilingan.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda davlat va jamiyat tomonidan qator tadbirlar va dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturlar bolalar, ularning ota-onasi va boshqa oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va ijobiy odatlarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada xorijiy davlatlardagi bir nechta samarali ijtimoiy pedagogik dasturlar tahlil qilingan.
Maqolada Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Global observatoriyasi ma’lumotlari hamda Yevropa mintaqaviy byurosining “O‘z joniga qasd qilishning oldini olish: global imperativ” nomli hisobotidan foydalangan holda, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida samarali natijalarga erishgan davlatlarning tajribalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.