Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasi barcha davrlarda dolzarb hisoblangan. Bolalar jinoyatchiligining oldini olish puxta ishlab chiqilgan choralar va tadbirlarga asoslanishi, bunday tadbirlar esa samaradorligi isbotlangan ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi ma’lum. Ilmiy tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asosini nazariyalar, yondashuvlar tashkil etadi. Quyidagi maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasiga oid bir nechta nazariyalar taqdim qilingan.