Mazkur maqolada masofadan o‘qitishning metod, texnologiya va vositalari batafsil bayon etilgan. Oliy adabiy ta’limda masofadan o‘qitish metodikasi yuzasidan tajriba-sinov ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar va ayrim xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganilgan holda ijobiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan.
Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yildan yilga rivojlanib bormoqda. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasida ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning samarasi yuqoriligi bunga asos bo‘lmoqda. Ushbu maqolada huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etishda ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning tavsifi va ahamiyati yoritib berilgan.