Ushbu maqolada san’atga nisbatan mehr va muhabbat, qadirlash va e’zozlash, go‘zallikni ko‘ra olish va his qilishni o‘rganish, avloddan avlodga yetkazish yoritib beriladi. Bundan tashqari maqolada estetik tarbiya, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish, balki ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish kabi tushunchalar haqida so‘z boradi. Estetik tarbiya ham tarbiyaning asosiy qismi bo‘lib, o‘quvchining ahloqiga, hulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg‘akligidan tarbiya qilishga chorlaydi.