Ushbu maqolada ayollar tashqi va ichki mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, O‘zbekistonda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari va omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biri – mehnat migratsiyasi haqida so‘z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining tarixiy kelib chiqishi, zamonaviy ko‘rinishlari, va rivojlanishiga ta’sir etgan omillar tahlil etilgan.
Maqolada ayollar migratsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlili yoritib berilgan. Shuningdek, bugungi kunda migratsiyaning ijtimoiy-psixologik muommolari hamda ayollar migratsiyasining psixologik omillari ifodalangan.
Mаqоlаdа ishchi kuchi migrаtsiyasining rаsmiy vа nоrаsmiy ko‘rinishlаri, uning mаvsumiy, vаqtinchаlik vа tаkrоrlаnuvchаn хususiyatlаri, shuningdеk, migrаtsiyagа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy hamda dеmоgrаfik оmillаr tа’siri rеspublikаning аyrim vilоyatlаri misоlidа tаhlil qilingаn.