Ushbu maqolada qarindoshlik tushunchasining mohiyati yoritilgan va qarindoshlar toifalari tasniflangan, qarindoshlar o‘rtasida nikohning asosiy sabablari va salbiy oqibatlari keltirilgan hamda O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlarining oldini olishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar tarixiy va madaniy jihatdan turli mamlakatlar kesimida keng tahlil qilingan. Bunday nikohlar ijtimoiy birlik va oilaviy mulkni saqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, zamonaviy genetika sohasidagi tadqiqotlar ularning jiddiy irsiy xatarlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan. Butun dunyoda bunday nikohlarga nisbatan yondashuvlar genetik xavflarni kamaytirish va kelgusi avlod salomatligini himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli, bu masala ko‘plab davlatlarda huquqiy va ijtimoiy jihatdan jiddiy ko‘rib chiqiladigan mavzulardan biriga aylangan.