Ijtimoiy tarmoqlar ommabopligining asosiy sababi – istalgan mavzu bo‘yicha muloqotning mavjudligi, masofadan qat’i nazar, istalgan vaqtda ma’lumot va fayllar almashinuvi, turli qiziqish va sohalardagi guruhlarga birlashish imkoniyatini paydo qilishi. Shu bilan birga uning inson hayotiga xavf darajasi oshib borayotganligini tan olmaslikning ham iloji yo‘q. Bugun onlayn tahdidlar, firibgarliklar, kiberzo‘ravonlikka uchrayotganlarning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etayotgani esa tadqiqotlar davomida o‘z isbotini topgan. Ushbu maqolada xotin-qizlarga nisabatan onlayn tazyiq va zo‘ravonliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan