Ushbu maqolada dunyoning aksariyat mamlakatlarida kuzatilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqayotgan oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar va ajrashishlar asosidagi ijtimoiy-psixologik deviant xulq-atvor dolzarb muammo sifatida tahlil qilingan. Jahon ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida oila institutini mustahkamlashda erkak va ayolning oiladagi mavqeyi, ayollarning oiladagi o‘rni, er-xotinning o‘zaro bir-birini tushunishi, hissiy yaqinligi va shaxslararo munosabatlarining oilaviy munosabatlarga ta’sir darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.