Ushbu maqolada nikohgacha tibbiy ko‘riklarning dunyo miqyosidagi tajribalari tahlil qilingan. AQSh, Yevropa, Arab mamlakatlari, Osiyo va Afrika davlatlarida nikohgacha tibbiy ko‘riklarning o‘ziga xos jihatlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada irsiy va yuqumli kasalliklarni aniqlash, genetik maslahatlar va sog‘lom oilalar shakllantirishdagi muhim yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, xorij tajribasi asosida O‘zbekistonda nikohgacha tibbiy ko‘riklarning milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.