Zamonaviy ijtimoiy sharoitlar, axborot oqimlari kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va inqirozlar yoshlarda qadriyatlar o‘zgarishiga olib keladi. Ota-onalar infantilizmi fenomeni moliyaviy jihatdan bog‘liqlik, o‘z oilasini o‘zi boshqara olmaslik kabilarni o‘z ichiga olib, mamlakatning iqtisodiy va demografik vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ushbu fenomenning murakkab tabiati, sabablarning ko‘p qirraliligi va ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri tufayli tadqiqot mavzusi sifatida yetarlicha o‘rganilmagan. Bu esa ota-onalarda infantillikni ijtimoiy-psixologik muammo sifatida tadqiq etish zaruratini tug‘diradi.