Ushbu maqolada oilaviy nizoning ta’rifi, kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari va nizolarni hal etishning sinalgan usullari ko‘rib chiqilgan hamda mahalla faollari uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
O‘smirlik davri inqirozida oilaviy xavfsiz muhit shaxsni psixik rivojlanishda yangi bosqichga olib chiqadi. Ushbu maqolada o‘smirlik davri inqirozi va uning kechishidagi jins tafovutlari, ota-onalik uslublarini tadqiq etishga qaratilgan qiyosiy adabiyotlar tahlili va muallifning fikrlari bayon etiladi.