Mazkur maqolada jamoatchilik nazorati jamiyatning turli sohalari rivojini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etishda olib boriladigan amaliy xatti-harakatlar majmuyi ekanligi, uning turli ko‘rinishlari tarixning turli davrlarida muayyan bosqichlarni bosib o‘tayotganligi, har qanday demokratik qadriyatlar ustuvor bo‘lgan jamiyatda mavjud jarayonlar, islohotlar bevosita jamoatchilik ishtirokisiz amalga oshmasligi kabi masalalari keltirilgan.
Jamoatchilik ekologik nazoratni tashkil etish, birinchi navbatda, qonunchilik asoslariga tayanishga, uni amalga oshiruvchi mexanizmlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga, qolaversa, nazorat
subyektlarining ongli harakati, nodavlat tashkilotlari, yoshlar uyushmalari, ko‘ngilli fuqarolarning hamjihatlikdagi faoliyati tizimning barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda ekologik nazorat va uning huquqiy asoslari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishda muhim masala ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.