Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda foydalaniladigan innovatsion metodlarning umumiy tahlili yoritiladi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda xorijiy mamlakatlarda qo‘llanadigan innovatsion uslubiy vositalar hamda ularning qiyosiy tahlili keltirilgan. Bugungi kunda o‘quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda turli innovatsion metodlardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini olib borishning zamonaviy tendensiyalari yoritib berilgan.