Maqolada faol ishlab chiqilgan muammolardan biri – zamonaviy ta’lim tizimida psixologiya talabalari o‘rtasida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, shuningdek, ushbu masalaga oid psixologik adabiyotlar tahlili ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy muammolar va kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablar sharoitida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb jihatlarini qamrab oladi.
Ilmiy maqolada Sharq allomalari asarlarida shaxs kommunikativ xulq-atvoriga oid qarashlarining tahlili to‘liq ochib berilgan. Bundan tashqari, shaxs xulq-atvoriga o‘qtuvchi ta’siri, muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari, odob-axloq qoidalari, tushunchalari tahlil etilgan.
Mazkur maqolada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining fuqarolar bilan psixologik muloqot o‘rnatish jarayonida zarur bo‘ladigan psixologik bilimlar zarurati nazariy tahlil qilngan. Shuningdek, kasbiy muloqotni psixologik bilimlar asosida takomillashtirish yo‘llari, faoliyatda turli toifadagi fuqarolar bilan munosabatga kirishishda muloqotning kommunikativ vositalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishning psixologik usullarini egallash hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda zarur bo‘ladigan kasbiy fazilatlarni rivojlantirish xususida fikr yuritilgan
Ushbu maqola aloqa va muloqotni yaxshilash uchun til grafik belgilarini uy muhitiga integratsiya qilishning afzalliklarini o‘rganadi. Kengaytirilgan va muqobil aloqa (KMA) tizimlarida keng qo‘llaniladigan til grafik belgilari og‘zaki muloqot muammolariga duch kelgan shaxslar uchun qimmatli vositani taklif qiladi. Uyda bu belgilardan foydalanishning afzalliklari orasida og‘zaki nutqi yaxshi bo‘lmagan shaxslar uchun muloqotni rivojlantirish, inklyuziv muhit yaratish, bolalarda erta til rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, umidsizlikni kamaytirish va boshqalar kiradi. Til grafik belgilarining sozlanishi va moslashuvchan tabiati oilalarga aloqa tizimlarini individual ehtiyojlarga moslashtirishga imkon beradi, bu esa ko‘proq bog‘langan va kommunikativ oilani rivojlantirishga yordam beradi.