Mazkur maqolada oilaning o‘smir bolalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Oila muhiti, ota-ona munosabati, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda erkin fikrlashga undovchi sharoitlarning o‘smir tafakkuri shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘smirlarning mustaqil fikrlash, yangilik yaratish va ijodiy yondashuvini kuchaytirish bo‘yicha pedagogik va psixologik tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish o‘smirlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.