Maqolada sanoat tarmog‘ida mehnat resurslaridan samarali foydalanish asosida kambag‘allikni kamaytirish omillari tasniflangan va tizimlashtirilgan. Sanoat tarmog‘i korxonalarida yirik xarajatlarni talab etmaydigan ichki resurslar hisobiga mehnat resurslaridan samarali foydalanishning faollashuvi mamlakat miqyosida o‘tkir ijtimoiy muammo hisoblangan kambag‘allikni kamaytirishning muhim omillaridan biri ekanligi ilmiy asoslangan.
Maqolada so‘nggi yillarda daromadlar tengsizligi va qashshoqlikning global va milliy tendentsiyalari keltirilgan. Tahlil COVID-19 pandemiyasi, iqlim ofatlari hamda mintaqalararo mojarolar sharoitida qashshoqlik va global tengsizlik oʻsishining global tendentsiyalarini aniqladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va manzilli tizimi orqali tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi. Tengsizlikni yumshatish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatining keyingi yo‘nalishlari namoyon qilindi.