• Kirish
    • English
    • O‘zbekcha
    • Русский
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
  • Bosh sahifa
  • Joriy sonlar
  • Arxivlar
  • Yangiliklar
    • Demografiya
    • Axborot texnologiyalari
    • Mahalla va tarix
    • Mahalla va turizm
    • Mahalla va oila huquqi
    • Jamiyat va oila
    • Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi
    • Oila va ta’lim hamkorligi
    • Sotsiologiya
    • Ijtimoiy menejment
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Ijtimoiy siyosat
    • Ijtimoiy psixologiya
    • Iqtisodiyot
    • Jurnal haqida
    • Materiallarni yuborish
    • Tahririy kengash
    • Tahrir hay’ati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Bog‘lanish
  1. Asosiy sahifaga o'tish
  2. Topish
Kengaytirilgan filtrlar

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: 74.
Ijtimoiy davlat boshqaruvida mahalla institutining o‘rni va ahamiyati
Aripova Omila Tulkinbayevna

Ushbu maqolada ijtimoiy davlat konsepsiyasi va uning tuzilmasida mahalla institutining tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan. Mahallaning milliy qadriyatlar asosidagi tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalari, “mahallabay” ishlash tizimi, huquqiy asoslar, amaliy natijalar va davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, mahallaning adolatli va hamjihat jamiyat qurilishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

05-09-2025
  • PDF
12-16 57 5
O‘zbek davlatchiligi tarixida davlat va fuqaro munosabatlari
Azizov Ikromjon

Fuqarolarning muammolarini davlat miqyosida ko‘rib chiqish usuli turli davr va turli davlatlatlarda o‘ziga xos ravishda bo‘lgan. O‘zbek davlatchiligi tarixida ham fuqarolarning muammosini o‘rganish va ularni ijobiy hal qilish masalasi davlat va fuqaro munosabatlarini ko‘rsatib beradi. Amaldorlar amirga yozgan hisobotlarida minnatdorchilik izhorlarini ma’lum qilishgan. O‘rganilgan hujjatlar tahlili Buxoro amirining arki o‘z davrida fuqarolar muammosini eshitadigan va uni insonparvarlik tamoyillari asosida qonuniy ko‘rib chiqadigan qabulxona vazifasini bajarganini ko‘rsatadi.

05-09-2022
  • PDF
95-108 40 2
Yordam guruhlari qiyin hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirayotgan ayollar uchun psixologik yordam uchun makon sifatida
Rustamova Iroda Abdukaxxor qizi

Maqolada ayollarning hissiy farovonligini optimallashtirishda ko‘mak guruhlarining roli ko‘rib chiqiladi. Empirik ma’lumotlarga asoslanib, bunday guruhlarda muntazam ishtirok etish ayollarga o‘zlarining hissiy holatini qayta baholashga, tashvishlarni kamaytirishga va faol kurash strategiyalarini tanlashga yordam beradi.

10-08-2025
  • PDF (Русский)
63-70 226 18
Navoiy viloyatida nikoh jarayonining geografik tafovutlari
Muxammedova Nazokat Jurayevna, Ibragimova Zulayxo Sobirovna

Maqolada nikoh jarayonining Navoiy viloyati hududlaridagi holati aks ettirilgan. Unda respublika va viloyat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, geografik omillar ta’siri o‘rganilgan. Shu bilan birga, viloyatda nikohga kirish ko‘rsatkichlarining 2000–2021-yillar dinamikasi aniqlangan hamda uning indeksi ishlab chiqilgan. Viloyatda 16–69 yoshga nisbatan nikohga kirganlar ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan.

05-11-2022
  • PDF
87-93 34 1
Oilaviy tarbiyaning shaxsning hissiy holatini shakllantirishga ta’siri
Abduganiyeva Diyora Abdurashid qizi

Maqola o‘smirlarning emotsional rivojlanishiga va agressivlikka moyilligiga oilaviy munosabatlar va ota-onalar tarbiya uslublarining ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada sog‘lom emotsional va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun oiladagi muhit, tarbiyaviy, shuningdek, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Muallif oilaviy tarbiyaning avtoritar, haddan tashqari g‘amxo‘r, sheriklik va boshqa turli uslublari va ularning bola xatti-harakatlariga ta’sirini izohlaydi. Shuningdek, u emotsional yaqinlik va suiste’mollikning yetishmasligi o‘smirlarda agressiv va deviant xatti-harakatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydi. Maqolada oilaviy vaziyat, tarbiya turlari va ularning bolaning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatga moslashishiga ta’siri bilan bog‘liq asosiy jihatlar yoritilgan. Agressiyaning oldini olish va oilada uyg‘un o‘zaro munosabatlarni yaratish uchun kompleks yondashuv taklif etilgan

15-05-2025
  • PDF (Русский)
100-108 242 22
Mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini davlat-xususiy sherikligi asosida rivojlantirishining asosiy yo‘nalishlari
Arabov Nurali Uralovich

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida investitsiya siyosati samaradorligini oshirish yo‘llari, xizmat ko‘rsatish sohasida investitsion mablag‘larning shakllanishi, davlat-xususiy sherikligi asosida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirishining investitsion usullari va vositalari, davlat investitsion strategiyasi doirasida xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik subyektlarining tarmoq tarkibi, ularning samaradorligini aniqlash mexanizmlari, ijtimoiy ahamiyatga ega strategik loyihalarni boshqarish va moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sektorning ishtirokini ta’minlash usullari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy etishning ba’zi cheklovlari, davlat risklarini tizimli tartibda aniqlash va tasniflash mezonlari hamda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini joriy qilishning samarali yo‘llari tadqiq qilingan.

05-09-2022
  • PDF
4-17 15 2
Jamiyat taraqqiyotiga zo‘ravonlikning ta’siri va oqibatlari
Shukurova Sevara Normuminova, Salohiddinova Mahliyo Salohiddin qizi

Ushbu maqolada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, uning oqibatlari va unga qarshi kurashish yo‘llari keng yoritilgan. Maqolada Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti va UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning statistik ma’lumotlariga asoslangan holda, dunyo va O‘zbekiston misolida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari tahlil qilingan. Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, AQSh va Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi ilg‘or tajribalari o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va milliy strategiyalar asosida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar ko‘rib chiqilgan.

05-11-2025
  • PDF
45-50 12 6
O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
Daliyev Farruxjon

Mazkur maqolada ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi, rivojlanishi, bu boradagi ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Shu bilan birga, soha tadqiqotchilari tomonidan “ijtimoiy media” tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ham qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda ijtimoiy medianing hozirgi holati, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarni ishlatishdagi ulushlari statistik ma’lumotlar tahlili berib o‘tiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz ijtimoiy media maydonidagi muammolar, salbiy holatlar tadqiqot doirasida ochib berishga harakat qilingan.

05-09-2022
  • PDF
109-120 45 2
Oilada o‘smirlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari
Ortikova Musallam Jaxongir qizi, Sultonmurodova Mumtoza Zafarjon qizi

Oilalarda bir qator ijtimoiy fazilatlar qatorida tolerantlik ham muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan mazkur maqola oilada tolerantlik fazilatlarini shakllantirishda mahalla tashkilotlarining ahamiyatini yoritib beradi.

05-01-2025
  • PDF
31-36 2 6
Hududlarda ishchi kuchi migrаtsiyasi vа ungа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy оmillаr
Ibrаgimоv Lutfullо Ziyadullаyеvich, Fоzilоv Хаmidullа Хikmаtоvich

Mаqоlаdа ishchi kuchi migrаtsiyasining rаsmiy vа nоrаsmiy ko‘rinishlаri, uning mаvsumiy, vаqtinchаlik vа tаkrоrlаnuvchаn хususiyatlаri, shuningdеk, migrаtsiyagа tа’sir etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy hamda dеmоgrаfik оmillаr tа’siri rеspublikаning аyrim vilоyatlаri misоlidа tаhlil qilingаn.

05-11-2022
  • PDF
35-44 3 2
Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning zamonaviy omillari
Adilova Zulfiya Djavdatovna, Umirova Dilnoza Safarovna

Maqolada respublikamizda mintaqaviy turizm salohiyatini oshirish va uni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladigan barcha jihatlarga katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mintaqaviy turizmni innovatsion rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari, xususan, Qashqadaryo viloyatining mintaqaviy turizmini samarali rivojlantirishning strategik istiqbollari, innovatsion yondashuv asosida
hududiy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish tahlil qilingan

02-04-2025
  • PDF (English)
89-97 100 27
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha vakolatli organning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi
Qo‘shmurodov Asqar Juman o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmati bo‘yicha vakolatli organning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va davlat boshqaruv tizimini samarali rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shakllari, ta’lim dasturlari va amaliyotlari, shuningdek, davlat xizmatining professional standartlarini ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi.

05-11-2025
  • PDF
11-16 15 8
O'zbekistonda yoshlarning mehnat migratsiyasini tartibga solish yo'nalishlari
Kurbonov Samandar Pulatovich

Mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining inqiroz ostonasida yuzaga keladigan holatdir. Xalqaro mehnat tashkiloti mehnat migratsiyasining quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: shartnoma asosida ishlovchilar, malakali kadrlar migratsiyasi va noqonuniy migratsiya. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Mamlakatda intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi ham migratsiyaning yaxshi tartibga solinmaganligidan kelib chiqadi.

05-09-2022
  • PDF (English)
62-70 28 3
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar
Xoliqulova X.Y

Ushbu maqolada nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosiy o‘zgarishlar yoritilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy muhitning qulayligi va nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuvi dolzarb masala sanaladi. Chunki nogironlarning huquq va manfaalatlari darajasini oshirish vazifalarini kompleks hal qilish zarurati zamonaviy jamiyatning asosiy ijtimoiy jihatlaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda taraqqiyotning salbiy demografik tendentsiyalarining zamonaviy sharoitida jamiyatdagi nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish dolzarb vazifaga aylanib bormoqda. Bu kadrlar taqchilligi hamda davlat iste’mol fondlariga bo‘lgan ijtimoiy yukni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu maqolada nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy-siyosiy omillar: ularning turmush darajasi, davlat darajasida ijtimoiy himoyaning asosiy muammolari, ularning bandligiga ta’sir etuvchi omillar, nogironlarni turli kasblarga o‘rgatish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari tahlil qilinadi.

18-03-2025
  • PDF
81-89 151 14
Quyi amudaryo hududining ekologik va demografik transformatsiyasi: kompleks yondashuv
Zaretdinova Nesibeli Kurbanbayevna

Ushbu maqolada Quyi Amudaryo hududida kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning aholi sog‘ligi, zichligi, urbanizatsiya darajasi, tabiiy ko‘payish va migratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Quyi Amudaryo geodemografik tumanidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslangan, aholi o‘rtasidagi kasallanish, o‘lim va tug‘ilish dinamikasi tahlil qilingan. Mintaqaning iqtisodiy, demografik va ekologik muammolari yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirilgan.

05-09-2025
  • PDF
45-59 18 0
Etnopsixologik tadqiqotlar doirasida ijtimoiylashuv va akkulturatsiya muammosi
Yangiboyeva Dildoraxon Rahman qizi

Bugungi globallashuv jarayonida har qaysi mustaqil davlat, har bir millat oldida oʻz madaniyati, urf-odat, an’analarini asrab-avaylash, uni oʻzidan keyingi avlod vakillariga yetkazish masalasi bilan bir qatorda oʻzga xalq, davlat fuqarolarining madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat bajo keltirish, ularga doʻstona munosabatda boʻlish masalasi ham oʻz dolzarbligini saqlab qolmoqda. UNESCOning madaniyatlar xilma-xilligi haqidagi umumiy deklaratsiyasida madaniyat dunyodagi jamiyat va ijtimoiy guruhlarga taalluqli madaniy-moddiy, intellektual-hissiy belgilar yigʻindisi sifatida qaralishi, insonlar hayot tarzi, ularning birgalikda yashash malakasi, qadriyatlar tizimi, an’analari va e’tiqodlarini
oʻz ichiga olishi zarurligi, har bir madaniyatni hurmat qilish, bagʻrikenglik va birdamlik xalqaro tinchlik
va xavfsizlik garovi ekanligi ta’kidlangan.

05-09-2022
  • PDF (English)
45-50 20 3
Oilaning tizim sifatida faoliyat ko‘rsatish shakllari
Babadjanova Nargis

Maqola muallifi oilani tahlil qilishning yetakchi yondashuvlaridan biriga, ya’ni oilaning tizim sifatidagi nuqtayi nazariga murojaat qiladi. Ushbu yondashuvning asosiy qoidalari ikkita asosiy bayonotdir: 1) butun boshli, uning qismlari yig‘indisidan kattaroqdir; 2) butunning barcha qismlari va jarayonlari bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi va o‘zaro shartlashadi. Maqolada, shuningdek, yakuniy malakaviy ish doirasida amalga oshirilgan mintaqamizdagi oila tizimlarining uyg‘unligi va moslashuvchanligi parametrlarini o‘rganish natijalari e’lon qilingan.

18-03-2025
  • PDF
71-80 177 11
Professional ta’lim muassasalarida bitiruvchi xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘llari
Bakirova N.B.

Mazkur maqolada professional ta’lim bitiruvchi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Bitiruvchi xotin-qizlarlarning ishga joylashishdagi qiyinchiliklari, ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga moslashmagani va amaliy tajriba yetishmasligi kabi muammolarga yechim sifatida kasbiy ko‘nikmalarni oshirish, amaliyot va stajirovkalarni kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish va davlat qo‘llab-quvvatlovi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari bitiruvchilar uchun bandlikni oshirishga qaratilgan amaliy choralarni ko‘rsatadi.

05-03-2024
  • PDF
69-80 45 2
Ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari va omillari
Elov Dilshod Abdujabborovich

Ushbu maqolada ayollar tashqi va ichki mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, O‘zbekistonda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari va omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

05-11-2022
  • PDF
14-24 58 2
Autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalar muammosining chet el psixologlari tomonidan o‘rganilganligi
Vapoyeva Ra’no Raximberganovna

Maqolada erta bolalik autizmining psixologik xususiyatlari, autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalarda hissiy aloqalar, ularning chet el psixologlari tomonidan oʻrganilganligi, klinik belgilari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

05-11-2025
  • PDF
51-56 41 7
Erta tug‘uruq holatiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili va prognozi
Abduramanov Xamid Xudoybergenovich, Rustamov Jahongir Ikrom o‘g‘li

Ushbu maqolada erta tug‘uruq holatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida erta tug‘uruqlar soni o‘zgarishining ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

05-05-2023
  • PDF
10-15 41 2
Tolerantlik xilma-xillikdagi erkinlikdir
Akbarov Axror Akbarovich

Tolerantlik tushunchasi ko‘p asrlar davomida shakllangan bo‘lib, bu jarayon hozirgi kungacha davom etmoqda. Turli ma’lumot manbalari bizga ushbu so‘zning turfa ta’riflarini beradi, ba’zida hatto bir-biriga zid keladi. Odamlar orasida bu boradagi fikrlar ham har xil. Ba’zilar bag‘rikenglik dunyo tinchligining kaliti va baxtli kelajak poydevori, deb hisoblaydi. Boshqalar esa bag‘rikenglik faqat befarqlik va vijdonsizlikni yashirish, degan haqiqat tarafdorlari hisoblanadi

02-04-2025
  • PDF (Русский)
31-36 98 17
Oilaviy zo‘ravonlikning ijtimoiy-psixologik omillari
Ismaylova Ra’no

Ushbu maqolada oilaviy zo‘ravonlik tushunchalarining talqini, xorijiy olimlarning oiladagi zo‘ravonlik omillarini o‘rganishdagi yondashuvlar tizimi tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlik omillari va sabablarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va yondashuvlar tasnifi tavsiflangan.

05-09-2024
  • PDF
38-44 15 1
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash Gruziya tajribasi misolida
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada Gruziya Respublikasida inson huquqlari, oila va xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash,
gender tengligi siyosati borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shu bilan
bir qatorda, inson huquqlarini ta’minlash yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tiladi. Muallif maqolada bevosita o‘zi borib ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan tashkilotlarning tajribalaridan misollar keltiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida inobatga olinishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar berildi.

05-06-2023
  • PDF
113-122 2 3
Pedagogik faoliyatda “yonish sindromi”ning nazariy-psixologik asoslari
Raxmonova Maftunaxon Azamatjon qizi

Maqolada pedagogik faoliyatda “ emotsional yonish sindromi”ning nazariypsixologik asoslari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Hozirgi davrda ta’lim tizimining modernizatsiyasi o‘qituvchidan yuqori kasbiy mahorat, yangicha pedagogik yondashuvlar va doimiy o‘zini rivojlantirib borishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, pedagogik faoliyat o‘zining hissiy, aqliy va ijtimoiy jihatdan murakkabligi bilan boshqa kasblardan ajralib turadi.

05-09-2025
  • PDF
29-36 40 8
1 - 25 from 74 1 2 3 > >> 

Tahririy kengash Tahrir hay’ati Maqolalarga talablar Maqolani yuborish Materialni tezda yuborish

Tahririy kengash

N. Egamberdiyeva
Bosh muharrir
Pedagogika fanlari doktori, professor
A. Musurmanova
Bosh muharrir o‘rinbosari
Pedagogika fanlari doktori, professor.
B. Mavlonov
Mas’ul kotib
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Axborot

  • O'quvchilar uchun
  • Mualliflar uchun
  • Kutubxonachilar uchun

Joriy nashr

  • Логотип Atom
  • Логотип RSS2
  • Логотип RSS1
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali

Jurnal mahalla va oila institutlarini mustahkamlash hamda gender tengligiga oid barcha ijtimoiy masalalar sohasida fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga ixtisoslashgan nashrdir.

NAVIGATSIYA:
Biz haqimizda Hozirgi Arxivlar Bog‘lanish

BOG‘LANISH:

+998 (90) 356-01-56

 

+998 (99) 302-27-55

 

ejurnal@moiti.uz

 

100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 25-uy.

 
© 2026 Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali
Developed by in Science | Site create by in Designer