Butun dunyodagi inqirozlar ayollar salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Maqolada O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning rolini oshirish borasida erishilgan natijalar ochib berilgan. Yaratilgan huquqiy asoslar, qabul qilingan va amalga oshirilayotgan strategik hamda dasturiy hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Natijada gender tengligini ta’minlash ko‘rsatkichlarining statistik ma’lumotlari keltirilgan