Ushbu maqolada aholining keksayish darajasi, keksayish jarayonlari, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, keksayish jarayonlarini baholovchi metrikalar, qarish indeksi, qarish jarayoni, qarish sabablari, keksa guruhlar va kelajakdagi keksa odamlar ahvolining ko‘rsatkichlari, faol uzoq umr ko‘rish indeksi ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilingan.
Ushbu maqolada reproduktiv yoshdagi ayollar orasida oiladagi farzandlar sonini belgilovchi omillar, oilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va demografik holatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.
Maqolada nikoh jarayonining Navoiy viloyati hududlaridagi holati aks ettirilgan. Unda respublika va viloyat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, geografik omillar ta’siri o‘rganilgan. Shu bilan birga, viloyatda nikohga kirish ko‘rsatkichlarining 2000–2021-yillar dinamikasi aniqlangan hamda uning indeksi ishlab chiqilgan. Viloyatda 16–69 yoshga nisbatan nikohga kirganlar ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada Quyi Amudaryo hududida kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolarning aholi sog‘ligi, zichligi, urbanizatsiya darajasi, tabiiy ko‘payish va migratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Quyi Amudaryo geodemografik tumanidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslangan, aholi o‘rtasidagi kasallanish, o‘lim va tug‘ilish dinamikasi tahlil qilingan. Mintaqaning iqtisodiy, demografik va ekologik muammolari yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirilgan.
Yer yuzi aholisining yirik qismi Osiyo mintaqasiga, eng ko‘p salmog‘i esa Xitoy davlatiga to‘g‘ri keladi. Aholi tarkibining xilma-xilligi, tug‘ilish ko‘pligi, yil sayin qariyalar soni o‘sishi mintaqada ayollar uy xizmati faoliyati shakllanishiga va rivojlanishiga zamin yaratadi. Maqolada Xitoyning yirik megapolislaridan biri hisoblangan Gonkong shahrida uy xizmati kasbining yuzaga kelishi va istiqbollari haqida fikrlar keltirilgan.
Ushbu maqolada Navoiy viloyati aholisining zichligi va balandlik bo‘yicha joylashuvi yoritilgan. Aholining hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilgan. Aholining relyefga bog‘liq holda joylashuvida viloyat aholi punktlarining dengiz sathidan balandligi elektron dasturlar asosida aniqlangan. Aholi punktlari balandligiga ko‘ra kichik guruhlarga ajratildi va shu asosda viloyat tumanlari guruhlarga bo‘lindi. Aholi punktlarining balandligi cho‘l-dasht va tog‘oldi mintaqalariga kirishi o‘rganilib, aynan tadqiqotda cho‘l-dasht (0–400 metrgacha) mintaqasining o‘zi yanada kichik uchta guruhga ajratildi. Balandlikning ortishi turli xo‘jalikni yuritishga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi aniqlandi.