Huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yildan yilga rivojlanib bormoqda. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasida ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning samarasi yuqoriligi bunga asos bo‘lmoqda. Ushbu maqolada huquqbuzarlikka moyil o‘smirlar bilan profilaktik ishlarni tashkil etishda ijtimoiy pedagogik texnologiyalarning tavsifi va ahamiyati yoritib berilgan.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda davlat va jamiyat tomonidan qator tadbirlar va dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu dasturlar bolalar, ularning ota-onasi va boshqa oila a’zolari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va ijobiy odatlarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Maqolada xorijiy davlatlardagi bir nechta samarali ijtimoiy pedagogik dasturlar tahlil qilingan.