Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif maqolada xalqaro va milliy qonunchilikda ayollar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.