Ushbu maqolada ayollar tashqi va ichki mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, O‘zbekistonda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari va omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.
Mehnat migratsiyasi bu mahalliy mehnat bozorining inqiroz ostonasida yuzaga keladigan holatdir. Xalqaro mehnat tashkiloti mehnat migratsiyasining quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: shartnoma asosida ishlovchilar, malakali kadrlar migratsiyasi va noqonuniy migratsiya. Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Mamlakatda intellektual mehnat resurslarining xalqaro mobilligi jarayonlarining kuchayishi ham migratsiyaning yaxshi tartibga solinmaganligidan kelib chiqadi.
Ushbu maqolada mintaqada migrantlar toifalarga bo‘lib tahlil qilingan, ayol mehnat migrantlari to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlar ko‘rib chiqilgan. Ayollar mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha xorij mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekiston uchun ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.