Maqolada bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri – maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan xavotirlanish holatlari psixologik hodisa ekanligi borasida olimlarning tadqiqotlari qarashlari va fikrlariga batafsil to‘xtab o‘tilgan. Shuningdek, insonning amaliy faoliyatida yuzaga keladigan muammolar orasida ruhiy holat bilan bog‘liq kamchiliklar alohida o‘rin tutishi, hozirda ota-onalar tomonidan farzandlarining haddan ziyod himoya qilinishi boladagi xavotirni yuzaga keltirishi mumkinligi, bu yoshdagi bolalarda uyat hissining yoshga bog‘liq namoyon bo‘lishi va uyatchanlik bilan bog‘liq individual hissiy reaksiyalardan xavotirlanish hissi paydo bo‘lishi holatlari to‘g‘risida ham ko‘plab tushunchalar yoritilgan.