Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, Xonturayev Bobur
Ushbu maqolada xotin-qizlarning ta’lim va ilm-fan sohalaridagi faoliyati tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilm-fan sohalarida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha tajribalari o‘rganilgan hamda ulardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Global observatoriyasi ma’lumotlari hamda Yevropa mintaqaviy byurosining “O‘z joniga qasd qilishning oldini olish: global imperativ” nomli hisobotidan foydalangan holda, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida samarali natijalarga erishgan davlatlarning tajribalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Maqolada AQSH maktab tizimida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tavsifi berilgan. O‘zbekistonda kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirish jarayoni dastlabki bosqichda. Muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohada muayyan qiyinchiliklar mavjud. Shu maqsadda xorij tajribasining ilg‘or tajribasi bilan tanishish, uni tahlil qilish va O‘zbekiston sharoitiga mos ravishda qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.