Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy maslashuvida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati o‘rganiladi. Yoshlar ta’lim orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan axloqiy va madaniy me’yorlarni o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, ta’lim va tarbiya yoshlar uchun ijtimoiy maslashuv jarayonida muhim omil sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada yoshlar ishi, ularning ijtimoiy maslashuvi va ta’limning bu jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi.