2025-yil. 3-son.

2025-yil. 3-son.
Nashr qilingan: 07-11-2025

Maqolalar

O‘zbеkistonda ayollarning mеhnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intеllеkt tеxnologiyalarining amaliyotdagi imkoniyatlari
Ro‘zimurodov O‘lmas Farxodovich

Maqolada O‘zbekiston mehnat bozorida xotin-qizlar raqobatbardoshligini oshirishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning amaliy ta’siri tahlil qilinadi. ILO, OECD, UNICEF, Jahon banki ma’lumotlari hamda milliy tashabbuslar (Digital Uzbekistan–2030, One Million Uzbek Coders, Uzbekistan Digital Inclusion, Yulduz Tech Awards) asosida olib borilgan tahlil ayollar ishsizligi va soha segregatsiyasi saqlanayotganini ko‘rsatadi, biroq masofaviy ish, qayta tayyorlash va onlayn ta’lim orqali kirish to‘siqlari kamaymoqda. AI vositalari mehnat unumdorligi va ish qidirish ko‘nikmalarini oshirayotgani, davlat grantlari va hududiy dasturlar esa inklyuziv rivojlanishni rag‘batlantirayotgani qayd etiladi. Shu bilan birga, ma’lumotlardagi og‘ishlar va algoritmik adolat masalalariga yechim sifatida etik AI boshqaruvi, gender-sezgir siyosat va STEM ta’limi muhimligi asoslanadi

90-98 0 0
Yangi O‘zbekistonda Ibrat ilmiy merosining qayta tiklanishi: ijtimoiy-falsafiy tahlil
Abdullaxoʻjayev Adhamxoʻja

Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ijodkor ziyolilar, xususan, jadidlar harakati va Is’hoqxon Ibratning roli ko‘p yoritiladi. Maqolada milliy kino san’ati va ma’naviyat sohasidagi taraqqiyot, jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati, milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi hissalari va bugungi kun maqsadlari bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinadi. Ibratning hayoti, ijodi va ilmiy merosi o‘rganilib, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ta’kidlanadi. Jadidlar g‘oyalarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi bilan uyg‘unligi, milliy qadriyatlarni saqlash va yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatiladi

33-41 0 0
Zamonaviy oilada erkak va ayol rollari o‘zgarishining o‘smirlar tarbiyasiga ta’siri
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda erkak va ayol rollarining o‘zgarishi hamda bu o‘zgarishlarning oila muhitiga, xususan, o‘smir yoshidagi farzandlarning tarbiyasi va ijtimoiy rol shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida an’anaviy gender qarashlar bilan zamonaviy ijtimoiy talqinlar o‘rtasidagi farqlar, ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari va o‘smirlarning psixologik rivojlanishidagi muhim omillar ko‘rib chiqiladi

80-84 0 0
Oilalar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishda ayollar uy xizmati migratsiyasining o‘rni
Rabiyev Bobomurod Bahadirovich

Xorijga uy xizmati faoliyatini amalga oshirish maqsadida ketayotgan ayollar, asosan, oilalarning daromadini oshirish, farzandlar ta’limi va sog‘ligiga mablag‘ yo‘naltirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashda muhim iqtisodiy manba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ayollar migratsiyasi oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qadriyatlar va gender rollariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ayollarning migratsion faoliyati kambag‘allikni qisqartirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ijtimoiy muammolar: oilaviy ajralishlar, farzandlar tarbiyasidagi qiyinchiliklar va psixologik bosim kabi salbiy oqibatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari ayollarning uy xizmati migratsiyasini samarali boshqarish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi

22-27 0 0
Migrant oilalarda qadriyatlar o‘zgarishining ijtimoiy-psixologik moslashuvga ta’siri
Umarova Shohida Absalomovna

Maqolada migrant oilalarda qadriyatlarning transformatsiyasi va bu jarayonning ijtimoiy-psixologik moslashuvga ta’siri tahlil etiladi. Migratsiya jarayonida milliy qadriyatlar va yangi ijtimoiy-madaniy muhit qadriyatlari o‘rtasida yuzaga keladigan tafovutlar, avlodlararo munosabatlar va oilaviy psixologik muhitdagi o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi

72-75 0 0
Gender madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy tahlili
Davronova Feruza Rahmonovna

Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va uning gender siyosatiga ta’siri masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti ijtimoiy-tarixiy, struktur va gender yondashuvlari nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Maqolada jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish va ommalashtirish, bir tomondan, davlatning gender siyosatiga ijobiy ta’sir qilib, ikkinchi tomondan, jamiyatda gender munosabatlarining transformatsiyasiga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda, egalitar xususiyat kasb etishi borasida so‘z boradi. Tizimli tarzda amalga oshirilgan gender strategiyasi jamoatchilik ongiga ta’sir etib, gender stereotiplarining egalitar xususiyatga ega ijtimoiy munosabatlarga o‘rnini almashishi, zamonaviy jamiyatda erkak va xotin-qizlarning teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi borasida xulosalar bayon etiladi

11-15 0 0
O‘smirlarda gender yondashuv asosida oilaviy-qadriyatli munosabatni shakllantirish
Yunusov Ulug‘bek Odiljonovich

Mazkur maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda gender yondashuv asosida oilaviy qadriyatlarga nisbatan munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Unda gender tushunchasining mohiyati, ayol va erkak rollarining ijtimoiy jihatlariga ta’siri hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati tahlil etilgan. Muallif oila institutining jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviyaxloqiy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ochib beradi. Pedagogik nuqtayi nazardan, o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirishda gender tenglik, milliy an’analar va ma’naviy merosning uyg‘unligi asosiy mezon sifatida belgilangan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilar va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishyo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan

61-64 0 0
Oila va nikoh munosabatlari, nikohdan ajrashish va uning omillari
Turayev Laziz Shokirovich

Ushbu maqolada olib borilgan tadqiqotlar asosida ajrashishning ijtimoiy mohiyati, uning ehtimolini oshiruvchi omillar aniqlangan, ajrashish sabablari hamda uning oila a’zolari va jamiyat uchun oqibatlari, shuningdek, nikoh va ajrashishlar ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tahlil qilingan

42-50 0 0
Harbiy xizmatchi oilasida mobil addiksiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari
Qarshibayev Murodil Qarshibay oʻgʻli

Harbiy xizmatchi oilasidagi mobil addiksiya bilan bogʻliq muammolar bugungi kunda ham mahalliy, ham xorijiy olimlar tomonidan оʻrganilayotgan muhim mavzulardan biri hisoblanadi. Harbiy xizmatchi oilasi оʻziga xos psixologik xususiyatlarga ega bоʻlgan alohida ijtimoiy guruh ekani bois, harbiy xizmatchilarning oilalari fenomen sifatida jamiyat institutsionallashuvida muhim hisoblanib, oiladagi submadaniyatning oʻziga xos jihatlari, rotatsiya qilinish jarayonidagi holati, ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar, ota-onalarning, bolalarning yangi muhitga moslashishi, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarga kirishishida namoyon boʻladi. Maqolada ushbu muammo yuzasidan olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tahlil qilinadi

85-89 0 0
Xalqaro tashkilotlarning gender tenglikni ta’minlashdagi o‘rni
Esanova Makhliyo Rokhatovna

Ushbu maqolada gender tenglikka erishishda xalqaro tashkilotlarning roli tizimli tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va institutsional tashabbuslarning mazmun-mohiyatini ochib berish hamda ularning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada mavjud ilmiy manbalar, xalqaro konvensiyalar (CEDAW, Beijing Platformasi) va UN Women, UNDP, ILO kabi tashkilotlarning amaliy faoliyati asosida tahliliy yondashuv qo‘llangan. Ilmiy muammo sifatida xalqaro tashkilotlarning normativ hujjatlari va milliy siyosatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik ko‘rsatilgan

28-32 0 0
Bixevioristik tadqiqotlar doirasida onalik fenomenining o‘rganilishi
Raimdjanov Mirkarim Tolibjon o‘g‘li

Mazkur maqolada onalik fenomeniga oid bixevioristik tadqiqotlar keng qamrovda tahlil qilingan. Unda onalikning shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lish jarayonlarini belgilovchi psixologik hamda ijtimoiy omillar ilmiy asosda izohlangan. Xususan, bixevioristik yondashuv doirasida onalik xatti-harakatlarining tashqi muhit stimullari bilan bog‘liqligi, ularning farzand tarbiyasidagi motivatsion, emotsional va xulqiy mexanizmlari chuqur tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada onalik fenomeniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy va biologik omillar alohida o‘rganilgan

76-79 0 0
Oilaviy nizolarning oldini olish: huquqiy asoslar, profilaktika hamda hal etish mexanizmlari tahlili
Nurullayeva Umida Nuriddinovna

O‘zbekistonda bugungi kunda nizoli oilalarni aniqlash va oilaviy nizolarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarning oldini olish tizimida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, ekspertlarning fikrlari va sotsiologik tadqiqot natijalari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, malakali mutaxassislar yetishmasligi, madaniy stereotiplar (jamoatchilik befarqligi hamda salbiy gender stereotiplarini qo‘llabquvvatlashi), idoralararo muvofiqlashtirishdagi ba’zi kamchiliklar oilaviy nizolarni aniqlash va hal etish jarayonida ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan

16-21 0 0
Oila va karyera o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda psixologik omillar
Ishboboyeva Gulbarchin Rustam qizi

Bikaryer oilalardagi gender rollarning taqsimlanishida er va xotin munosabatlarida oʻzlarining turli rollarini bajarishga harakat qilayotgani sababli, bа’zan oʻzaro munosabatlarda konfliktlar va stress holatlar yuzaga kelishi mumkin. Oilada turli mas’uliyatlar va faoliyatlarni bir vaqtning oʻzida bajarish muammolari hamda haddan tashqari vazifalarning yuklanishi, ish va oilaviy mas’uliyatni vaqtida bajarishda koʻplab qarorlar qabul qilinadi. Bu esa ushbu qarorlarning bа’zilari oilaning umumiy farovonligiga tа’sir qiladi. Koʻplab oilalar oʻzlarining iqtisodiy va emotsional resurslarini turli faoliyatlarni bajarish jaroyonida birlashtirish bilan bogʻliq

61-67 0 0
Boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirish jarayonida gender tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari
Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna

Gender sotsializatsiyasini oʻrganish natijalari, shubhasiz, erkak va ayolning gender oʻziga xos xususiyatlari bo‘lib, u insonning jamiyatdagi mavqeyi hamda uning shaxsiy va kasbiy taqdiriga oʻziga xos ta’sir koʻrsatadi. Shu ma’noda, ular zamonaviy dunyoda sodir boʻlayotgan jarayonlarni aks ettirish uchun juda muhim boʻlib, ularning asosiy yoʻnalishi tobora kuchayib borayotgan insonparvarlik va shaxsning ma’naviy rivojlanishiga talablarning kuchayishi bugungi kundagi tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi

4-10 0 0
Er-xotin o‘rtasidagi yosh farqlarining oila barqarorligiga ta’siri
Nurmonov Asliddin Xusniddin o‘g‘li

Mazkur maqolada er-xotin o‘rtasidagi yosh farqining oila barqarorligiga ta’siri sohasidagi xalqaro tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Maqolani yozishdan maqsad ushbu omilning nikoh mustahkamligi va ajrashish xavfi bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi mavjud ilmiy dalillarga asoslangan xulosalarni taqdim etishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh farqi oshgani sari ajrashish ehtimoli ortib boradi, ammo bu bog‘liqlik doimiy emas va boshqa ijtimoiy-psixologik omillar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

57-60 0 0