2022-yil. 1-son.

2022-yil. 1-son.
Nashr qilingan: 21-01-2026

Maqolalar

Gender tenglikka erishishda tahliliy usul va vositalarning ahamiyati
Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

Maqolada inson huquqlarining ajralmas qismi bo‘lgan gender tengligi muammosining ijtimoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinib, gender tengligiga erishishning dolzarbligi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, gender tengligiga erishishning monitoring usul hamda vositalari, gender ekspertiza tushunchasi zarurati va uning turlari, gender audit yoritilib, bu boradagi xorijiy davlatlar tajribasi keltirib o‘tiladi.

65-70 0 1
Turli avlod vakillarining nikohga kirishish xususiyatlari hamda ayollardagi oila va kasbiy majburiyatlarning uyg‘unligi
Dalimova Nilufar

Hozirgi kunda oilaviy qadriyatlarni o‘rganish juda muhim masala hisoblanadi. Chunki oilalar mustahkamligini ta’minlashda, oilaviy ajralishlarning oldini olishda hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratishda oilaviy qadriyatlarning, an’analarning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Mazkur maqola ham oilalardagi qadriyatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu muammo doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan.

10-14 0 0
San’atning tarixiy taraqqiyotida ayol obrazining transformatsiyasi
Alimova Nargiza Rustam qizi

Mazkur maqolada san’atning tarixiy taraqqiyoti davomida ayol obrazining ifodalanishi va transformatsiyasi falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Muallif ayollar obrazining san’at tarixida aks ettirilishini beshta davrga (ibtidoiy, qadimiy yoki antik, o‘rta asrlar davri, yangi va eng yangi tarix hamda zamonaviy davr san’ati) ajratgan holatda tasniflagan.

51-58 0 0
Gender va simmetriya hissi: psixoemotsional rivojlanishning gender o'ziga xosligining bir jihati bo'yicha
Ergashev Po'lat Sobirovich

Maqolada simmetriya tuyg‘usining jinsiy xususiyatlarini empirik o‘rganish natijalari keltirilgan. Shu bilan birga, atrofimizdagi dunyoda simmetriya xususiyatlarining namoyon bo‘lish shakllari va yo‘nalishlarining xilma-xilligini fenomenologik tahlil qilish “simmetriya tuyg’usi” tushunchasini aqliy aks ettirish, ya’ni obyektlar va hodisalarning tartiblilik, muvozanat va mutanosiblik darajasi tufayli hissiy tajriba sifatida aniqlashga imkon berdi. Jinsga bog‘liq bo‘lgan emotsional reaksiyaning differensial belgilari konsepsiyasi asosida simmetriya va uning buzilishini hissiy aks ettirishda ushbu omilning muhim roli haqida faraz qilindi. Taqdim etilgan miqdoriy ma’lumotlar simmetriya tuyg‘usi rivojlanishining gender o‘ziga xosligini tasdiqlashga imkon
berdi. Xususan, ayollarning subyektlar guruhida simmetriyaga munosabati erkaklar guruhiga qaraganda bir xil ekani aniqlandi. Simmetriyaga munosabatning bu o‘ziga xosligi erkak subyektlar o‘rtasida simmetriya tuyg‘usi ko‘rsatkichlarining ko‘proq guruh ichida tarqalishida, ayol subyektlarning natijalarini nisbatan teng taqsimlashida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yuz simmetriyasi va uning buzilishini idrok etishning gender xususiyatlari asimmetriyani aniqlash vaqtida, tezlikning aniqlik bilan bog‘liqligida aniqroq ifodalangan, bunda qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan ustunlik qiladi.

Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kasbga yoʻnaltirish orqali ijtimoiylashtirishning nazariy va amaliy jihatlari
Ikmatullayev Gʻayrat Zokirovich

Ushbu maqolada yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kasbga yoʻnaltirish orqali ijtimoiylashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, bu boradagi muammolar, olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari haqida soʻz borgan. Tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish borasida taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

27-31 0 0
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajriba
Alimov Sardor Komil o‘g‘li

Mazkur maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan ishlash, ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi bilan bog‘liq muammolarga global nuqtayi nazardan yondashilgan. Jumladan, xotin-qizlarning oilaviy-maishiy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni moslashtirish bo‘yicha Kanada, Shvetsiya, Qozog‘iston mamlakatlarining tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.

71-76 0 0
O‘zbekistonda keksalar faolligini oshirishning ijtimoiy negizlari
Xodjayev Sobir Djumayevich

Maqolada tadqiqot natijalari asosida keksalarning ijtimoiy faolligi, ularda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash bilan bog‘liq holat va muammolar ochib berilgan. Shuningdek, unda keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.

15-21 0 0
Qadriyatlar yoshlarni iqtisodiy ijtimoiylashtiruvchi muhim omil sifatida
Umarova Navbahor Shokirovna

Maqolada yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillar hamda ularning iqtisodiy munosabatlarda natija, jarayon, egoizm va altruizmga nisbatan yo‘nalganligi bayon etilgan.

59-64 0 0
Ilm-fandagi ayollar: cheklovlar va yangi imkoniyatlar.
Karimova Dildora Mirsabitovna, Alimjonova Dilbar Magribjanova

Maqolada gender tengligi masalalari Yangi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlab o‘tilgan. Xotin-qizlarning mehnat bozorida, ilm-fan, biznes va siyosiy jarayonlardagi ulushi – respublikaning jahon miqyosidagi obro‘- e’tiboriga tobora ko‘proq ta’sir qila boshladi. Inson kapitali va ayollarning ilmiy tadqiqotlardagi ishtiroki mamlakat innovatsion rivojlanishning drayver kuchiga aylanishi mumkin. Ayollarni ilm-fanga jalb etishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy omillarini o‘rganish kabilar maqola mualliflariga xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari uchun mavjud cheklovlar va yangi imkoniyatlarni aniqlashga yordam berdi.

Sharq mutafakkirlari asarlarida oila va nikoh munosabatlarining talqin etilishi
Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li

Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining oila va nikoh munosabatlari haqidagi fikrlar yoritilgan. Maqolada oilaviy munosabatlarga oid qadriyatlarimiz, oilaviy nizolarni hal qilishda sharq mutafakkirlarining nasihatlari o’rin olgan. Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlarga qarashlari ijtimoiy-psixologik jihatdan yoritilgan.

47-50 0 0
Sotsial status va rollar ijodkorlar sotsial qiyofasining zaruriy elementi sifatida
Dulanboyeva Oygul Asilbek qizi

Mazkur maqolada sotsial status va rollar kategoriyalarining mazmun-mohiyati ochib berilgan bo‘lib, ularga sotsial qiyofa yaratishning o‘ziga xos elementi sifatida qaraladi. Shundan kelib chiqqan holda ijodkorlar sotsial statusining o‘z-o‘zini belgilash, kasbiy, iqtisodiy, vaqt singari mezonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qolaversa, ijodkorlarning xulq-atvor standartlarini shakllantiruvchi ijtimoiy sanksiyalarning sotsial qiyofalarini yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan.

32-38 0 0
Erta nikoh holatining oldini olish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari
Dusnayev Sherzod Ergashevich, Annakulov Kamol Xasanovich

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida kuzatilayotgan erta nikoh va erta tug‘uruq holatlari ilmiy tahlil qilingan, omillari va oqibatlari aniqlangan, erta nikoh va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha xorij tajribalari yoritilgan hamda ulardan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.

77-84 0 0
O‘zbekiston oilalaridagi barqaror ijtimoiy hayotni ta’minlashda gender muammolarini o‘rganish hamda targ‘ib etish
Yulchiyeva Dildora Khabibullayevna

Maqolada yaqin yillarda oilalar barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimizda ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy, ma’rifiy-tashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini har tomonlama o‘rganish dolzarb masalalardan biri ekanligi hamda qizlarni qadriyatlar tizimi bo‘yicha tarbiyalashda erkak va ayolning teng huquqliligi xususida so‘z boradi.

22-26 0 0